menejment.uz
Mavzu: Oʻquvchilarning ta'lim dasturlarini o‘zlashtirishi va kasbga yoʻnaltirish masalalari

Mavzu: Talim dasturlarini o’zlashtirish masalalari va oʻquvchilarni kasbga

yoʻnaltirish

 

Reja:

  1. O’quvchilar va  ularning  ota-onalari  bilan  olib boriladigan faoliyati
  2. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
  3. O’quvchilarni kasbga  yo’naltirishda  zamonaviy  rahbarlarning  boshqaruv usullari va rahbar ma’suliyatu.

 

O’qituvchining past o’zlashtiruvchi o’quvchilar va ularning ota-onalari bilan olib boriladigan faoliyati. O’quvchining bilimida bo’shliq paydo bo’lishiga ta’sir etuvchi

omillarga:

  1. Maktabda yaratilgan sharoit;
  2. Maktabning o’quv moddiy bazasi;
  3. O’qituvchi kasb-mahoratining yetishmasligi;
  4. Mavzularning murakkabligi;
  5. Fanlar bo’yicha mutaxassislarning yetishmasligi;
  6. Ota-onasining o’quvchi o’qishiga befarqligi;
  7. O’quvchi xotirasining zaifligi;
  8. Dars davomidagi kayfiyati;
  9. Salomatligi;
  10. Darslarga to’liq qatnashmasligi;
  11. O’quvchini uy vazifalarini bajarmasligi;
  12. O’quvchini o’qishga nisbatan pul topish harakatlarini ustunligi;
  13. O’quvchilarning sinf va yozma ish daftarlarini muntazam tekshirilmasligi;
  14. O’quvchilar (elaktron)  kundalik  daftarlari  orqali  ota-onalar,  sinf  rahbarlari hamda  fan  o’qituvchilari  hamkorligining  yaxshi  uyushtirilmaganligi  va  boshqalar kabi  omillarni  qo’shib  hisobga  olib  borilsa  va  shu  asosida  reja  tuzilsa,  o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish osonlashadi.

 

Bilimdagi bo’shliqlarni qanday to’ldirish mumkin?

Maktabda  o’tilayotgan  darslarda  barcha  mavzularni  birdek  o’zlashtirish  qiyin kechadi, ayniqsa murakkab mavzular  o’tilganda, uni tushunib olish bir oz mushkul. Agar  siz  mavzuni  dars  vaqtida  tushunmagan  bo’lsangiz,  bu  holat  uy  vazifalarini bajarishda  qiyinchiliklar  keltirib  chiqaradi.  Natijada  keyingi  o’tiladigan  mavzularni o’zlashtirish ham qiyinroq bo’ladi.

Xo’sh, unda nima qilish kerak?

Birinchi navbatda,  har  bir  mavzuni  darsning  o’zida  tushunib  olishga  harakat  qilish kerak,  agar  ma’lumotlar  sizga  tushunarsiz  bo’lsa,  dars  davomida  o’qituvchiga qo’shimcha savollar berishingiz mumkin.

Ikkinchidan, har  bir  mavzuni  hayotga  bog’lagan  holda  tushunishga  harakat  qiling.

Masalan fizika, kimyo yoki biologiya darsida sizga biror mavzu  o’tilayotgan bo’lsa, ushbu  xodisalar  hayotda  qay  holatda  uchrashini  anglab  yetsangiz,  mavzuni o’zlashtirish oson kechadi.

Uchinchidan,  har  bir  mavzuni  ko’rgazmali  qurollar,  qo’shimcha  ma’lumotlar, suratlar va jadvallar asosida tushunishga harakat qiling.

To’rtinchidan,  yangi  o’tilgan  mavzuni  takrorlash  orqali  mustahkamlash  ancha samara beradi.

Beshinchidan,  mavzuga  oid  mustaqil  topshiriqlarni  yeching,  uyga  vazifani mas‟uliyat bilan bajaring.

Shunda  ham  mavzuni  o’zlashtirishda  qiyinchilikka  uchrasangiz, o’qituvchingizdan  yordam  so’rang.  U  mavzuni  sizga  oson  tilda,  soddalashtirib tushuntirib  berishi,  qolaversa,  ushbu  mavzuni  o’zlashtirishda  yordam  beruvchi qo’shimcha materiallar bilan bo’lishishi mumkin.

O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlash:

O’quvchilar  bilimidagi  bo’shliqlarni  aniqlashning  eng  qulay  usuli  maxsus elektron jadvallar orqali amalga oshirishdir.

Buning uchun o’qituvchi (yoki rahbar, tashqi nazorat vakili) tomonidan chorak davomida  o’tilgan mavzular bo’yicha sinov ishlari  o’tkazildi, sinov ishlari test olish, yozma ish, amaliy mashg‟ulot  o’tkazish, normativ topshiriq, bilimlar attestatsiyasi va hakazolar orqali amalga oshirildi.

Sinov natijalari elektron jadvaliga tushirildi va quyidagicha aniqlandi:

Elektron   jadvallarning  vertikal  yo’nalishi  bo’yicha  o’quvchilar  qaysi mavzularni  yuqori  va  qaysilarini  past  darajada  o’zlashtirishlari  kelib  chiqadi, gorizontal  yo’nalishi  bo’yicha  esa  qaysi  o’quvchi  past  o’zlashtirishi  va  qaysi mavzularni bilmaganliklari aniqlab olindi.

Jadvalda  o’quvchilarning  o’zlashtiriah  darajasi  yuqoridan  boshlab  har  10 foizga  o’zlashtirgan  o’quvchilar  guruhlarga  ajratilgan.  Qo’shimcha  mashg‟ulotlarga ana shu jadvalning eng oxiridagi guruhlarning kamida 2 tasiga kirgan o’quvchilarni tanlab olingan.

 

Maslan,  70%  dan  past  o’zlashtirgan  o’quvchilar  soni  _____  nafar,  70-79%

o’zlashtirgan  o’quvchilar  soni  _____  nafar,  har  ikkala  guruhdan  _____  nafar  o’quvchilar mashg‟ulotga qamrab olindi. Ular quyidagi o’quvchilar:

  1. Xolmo’minova B
  2. Omonova Sh
  3. Melimamatova D
  4. Nodirova S
  5. Safarov A

Shuni  ta’kidlab  o’tish  joizki,  qo’shimcha  mashg‟ulotga  qamrab  olingan o’quvchilardan  tashqari  hali  100%  samaradorlikka  erisha olmagan  o’quvchilar  ham bor  (80-90%,  90-99%  samaradorlikka  erishgan  o’quvchilar  nazarda  tutilmoqda). Ularni qo’shimcha mashg‟ulotga  jalb qilinmagani bilan ular bilimidagi b o’shliqlarni to’ldirish  masalasi  e‟tibordan  chetda  qolmasligi  kerak.  Ularga  dars  jarayonida qo’shimcha topshiriq yoki uyga vazifa berish kabi usullar bilan faoliyat olib boorish maqsadga muvofiq.

Misol  qilib  keltirilgan  5-sinf  uchun  to’ldirilgan  yuqoridagi  jadvalda o’qituvchining  javoblari  eng  oxirgi  qatorda  95%  natija  bergan  yoki  o’quvchilar davomati oxirgi ustunda 84%, darslik bilan ta’minlanishi ham aniq keltirilgan. Elektron jadvalning tuzilishi tartibiga ko’ra  o’quvchilarning shu fandan darslik bilan  ta’minlanish  darajasi  va  shu  fan  bo’yicha  dars  mashg‟ulotlariga  qatnashishi (davomati)  hamda  o’qituvchining  o’zi  dars  berayotgan  fan  bo’yicha  bilim  darajasi (tashqi nazorat orqali) ham kelib chiqadi. (Elektron  jadvallar faqat kompyuter orqali emas, qo’lda chizib, bajarilishi ham mumkin).

O’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni aniqlab borish uchun shu fandan choraklik testlarning 2-3 variantlari bo’yicha banki yaratilgan. Ta’lim muassasalarida bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashning samarali usullari

Har  bir  pedagog  bu  yo’lda  ezgu  oliy  maqsad  ila  qadam  qo’yayotgan  yosh avlodga to’g’ri tarbiya berishimiz bu hozirgi zamon bilan hamnafas yashab faoliyat olib  borayotgan  biz  pedagoglarning  ustuvor  vazifamizdir.  Bunda  esa  biz pedagoglardan  albatta  interfaol  ta’lim  metodlardan  foydalanib  yosh  avlodga  ta’lim berishimiz  talab  qilinadi.  “Bugun  bitta  kitob  o’qigan  o’quvchi,  ertaga  televizor ko’rib o’tirgan o’nta o’quvchini boshqarishi mumkin”.

Bo’sh  o’zlashtiruvchi  o’quvchilarni  aniqlash  va  ular  bilan  ishlash o’qituvchidan alohida katta bilim,  motivator, psixologik yondashuv va mas‟uliyatni talab  etadi.  Shu  bois  bu  toifa  o’quvchilar  bilan  shug’ullanish  uchun,  avvalo, yakkama-yakka  suhbat  o’tkazib,  ularning  qiziqishlarini  aniqlash  lozim.  Bo’sh o’zlashtiruvchi  o’quvchilarning  o’zlashtirishini  muntazam  monitoring  qilib borilishi, o’quvchilarga qiynalayotgan fanidan alohida mashg’ulotlar daftari tuttirish kabi  usullar  ham  samarali  hisoblanadi.  Shuningdek  o’quvchilardagi  ijobiy o’zgarishlar rag’batlantirilishi muhim. Bo’sh o’zlashtiruvchilarning faolligini oshirish uchun  ularning  mustaqil  fikrlash  qobiliyatini  hamda  nutqini  rivojlantirish  kerak.

Bunda turli ertaklardan foydalanish mumkin. Fanga  oid  qo’shimcha  dars  o’quvchilar  uchun  quyidagicha  tashkil qilinadi:

1.O‘quvchining qiziqishiga qarab.

2.Bo‘shliqlarni to‘ldirish maqsadida.

3.Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun.

4.Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash maqsadida.

O’quvchining  qiziqishiga  qarab  qo’shimcha  dars  tashkil  etish,  bu  -  fan to’garaklariga  a’zo  qilish  bo’lib,  bunda  ular  bilimlarini  mustahkamlab,  o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oladi.  Bo’shliqlarni to’ldirish maqsadida tashkil qilingan qo’shimcha  darslarda  test  natijalaridan  kelib  chiqqan  holda  ish  olib  boriladi.  Bo’sh o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  uchun  qo’shimcha  darslar  tashkil  qilishdan  oldin,  bo’sh o’zlashtirish  sababi  o’rganiladi.  Dars  qoldirish,  ma’lumotlarni  qabul  qilishni istamasligi,  o’yinqaroqligi,  oilaviy  ahvoli  kabilar  Bo’sh  o’zlashtiruvchi o’quvchilarni  mustaqil  ishlashga  o’rgatish  yaxshi  samara  beradi.  Mustaqil  faoliyat insonni  ziyrak  va  hozirjavob  qiladi.    Bu  faoliyat  kichik  yoshdagi  maktab

o’quvchilarida  ta’limga  uyg’un  holda  rivojlanishi  kerak.  Buning  uchun,  avvalo, o’quvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularda biror ishni qila olishga va shu  ishni  sifatli  bajarishiga  ishonch  uyg’otish  lozim.  Mustaqil  ish  turlari,  avvalo, o’qituvchi tomonidan puxta  o’ylangan,    ta’lim    maqsadiga yo’naltirilgan va davomiy bo’lishi  kerak.  Bunda  har  bir  o’quvchining  imkoniyati  hisobga  olinishi,  yosh xususiyati, qiziqishlari ham e‟tibordan chetda qolmasligi kerak.  O’quvchilarni aqliy rivojlantirish  shartlaridan  biri  topshiriqlarni  to’la  “eslab  qolib”  bajarishdir.    Bunda bajariladigan  ishning  maqsadini  tushungan(tasavvur  qilgan)  holda  uning  rejasini belgilash  va  ish  usulini  tanlash, yo’l  qo’yilgan  xatolarni  mustaqil  topa  olish va  uni tuzata bilishlariga alohida e‟tibor beriladi.  O’quvchilarning topshiriqlarni tez, to’g’ri bajarishi  uchun qulay usullarni tanlash, yo’naltiruvchi savollar berib, tayanch so’zlar tavsiya  etish  foydalidir.  O’quvchilar  e‟tiborini  jalb  etish  maqsadida  matndagi voqealarni eslatib:

Nega shunday bo’ldi?

Seningcha qanday bo’lishi kerak edi? kabi savollar berib,  uning fikrini ma’qullab, 

“Xarakat qil”, “juda yaxshi”, “juda soz!”,

“juda zo’r!”  kabi rag’batlantiruvchi so’zlarni ishlatish foydalidir. Dastlabki bajargan mustaqil  ishdan  o’quvchi  mamnun  bo’lsa,  uning  qiziqishlari  ortib,  yangi-yangi  ish turlarini  amalga  oshirishga  kirishadi.  Mustaqil  ish  natijalarini  hamisha  tekrishish lozim. Tekshirish og’zaki yoki yozma shaklda b o’lishi mumkin. O’quvchi yozishidan oldin  o’ylaydi,  fikrini  og’zaki  jamlaydi,  so’ng  uni  yozishga  kirishadi.  O’z  fikrini bayon qilish, yo’l qo’yilgan biror savol yoki masala yuzasidan mushohada yuritishga urinadi.  O’quvchilarni  mustaqil  faoliyatga  o’rgatishda  quyidagilarga  amal  qilish lozim:

–  beriladigan  har  bir  topshiriq  o’quvchi  imkoniyatlariga  mos  bo’lsin  va  qiziqish uyg’ota olsin;

–  ish  osondan  qiyinga,  soddadan  murakkabga  qarab  yo’naltirilsin,  o’quvchiga tushunarli bo’lsin;

– ishni bajarishda o’quvchilarda o’ziga ishonch hissi uyg’onsin, ishga kirishishda ularo’zlarida dadillik sezsin;

–mustaqil  bajariladigan  topshiriqlar  yakkama-yakka  tarzda  amalga  oshirilsin(hamma o’quvchi  uchun  bir  xil  topshiriq  berish  –  mustaqil  faoliyat  emasligini  eslatamiz),

albatta bunda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchiga e‟tibor berish kerak;

–topshiriqlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish kerak; 

–  topshiriqlarni  hamma  bir  vaqtda  boshlab,  ma’lum  vaqtda  tugatishi  kerakligini

eslatib, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni shu talabni bajarishga ko’niktirish lozim;

–  ish  joyi  hamisha  qulay,  saranjom-sarishta  bo’lishi(parta  ustida  ortiqcha  narsalar

bo’lmasligi) kerak;

–topshiriqlar darsning turli bosqichida bajarilishi mumkin;

– darslik, didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik bo’lishi maqsadga muvofiq.

Uyga  beriladigan  vazifalar  ham  mustaqil  ishning  bir  turidir.  O’quvchilarga, iloji  boricha,  sinf  sharoitida  asosiy  bilim  va  malakalarni  singdirish,  uyga  vazifalar berishda  meyorga  amal  qilish  kerak.  O’quvchilar  darsdan  (og’ir,  mashaqqatli mehnatdan)  keyin  tiniqib  dam  olsalar,  ko’proq  ochiq  havoda  bo’lib,  harakatli o’yinlar, sayr bilan vaqt  o’tkazib, tunda osuda uxlab, ertangi kungi darslarga yaxshi kayfiyat  bilan  kelsalar,  darsni  o’zlashtirish  yaxshi  bo’ladi.  Shuning  uchun  uy vazifalari oson bo’lishi, asosan,  o’quvchilarni kuzatishga, xulosa chiqarishga undashi lozim.  Tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  bo’sh  o’zlashtiruvchi  o’quvchilar  bilan  ishlash ancha murakkab jarayon.  O’qituvchining pedagogik mahorati, zamonaviy dars  o’tish usullaridan foydalanishi, bo’sh  o’zlashtiruvchi  o’quvchi bilan yakka tartibda ish olib

borishi natijasida uni samarali amalga oshirish mumkin.

  1. Muammoli bolalar bilan ishlovchi o’qituvchiga qo’yiladigan talablar va uslubiy tavsiyalar. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish. Bilimida bo’shlig’i bor o’quvchilar  bilan  ishlashda mutaxasislarning tavsiyasi:
  2. Har bir bola takrorlanmasdir;
  3. Yaqin qarindoshlarining ta`siri  bolalar  uchun  juda  muhimdir.Ular

yaqinlarining fikrlarini inobatga oladilar.

  1. Agar maktab va oila o`zaro aloqada bo`lsa , bu eng yaxshi natijalarga olib kelishi

mumkin.

  1. Bolalar uchun turli xil o`quv rejasini tuzish.

5.Bolaning  o`ziga  nisbatan  baholashni  bilishimiz  juda  muhimdir.

  1. Maktabdagi to`garaklarga  o`quvchining qiziqishiga  qarab  jalb  etish
  2. O ‘quvchilarni faollashtirish  qobiliyatini revojlantirish  mustaqillikka  o`rgatish.

Bunday  o‘qituvchi  o‘quvchilarni   fikrlashga  ijodkorlikka  mustaqil  ishlashga  bir –

biridan o‘rganishga o‘rgatadi. 

  1. Pedagogik mahoratning yana  bir  jihati ta`lim jarayonida

tarbiyalashdir.  O‘qituvchi  ta`lim jarayonida  axloqiy xislatlarni ,  vatanparvarlik,

mehnatsevarlik, mustaqillik kabi xislatlarni shakllantirib o‘quvchiga o‘rnak bo‘lishi

lozim

  1. Ijodiy hissiyotni shakllantirish esa oddiy usullar , xissiyot faollik , hazil  mutoyiba

qiziqarli  misollar, ijodiy  tanqid,  takroriy  bo`lmagan metodlar,  orginal  variantlar

kabi ishlar bilan olib boruvchi o`qituvchi mahoratidir.

 

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib quyidagi xulosaga keldik:

  1. Bo’sh o’zlashtiruvchi  o’quvchiga  qo’yiladigan  baho  uning  shaxsi shakllanishiga ta’sir qiladi.
  2. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchining kichik muvaffaqqiyatini ham hammaning oldida maqtash, ozgina yuqori baholash, uni yangi muvaffaqqiyatlarga undaydi.
  3. Ko’pchilik o’qituvchilar bo’sh o’zlashtirishning vujudga kelishida ko’proq ota –  ona aybdor deb  o’ylashadi. Albatta bu omil xam ta’sir qiladi. Oilada otaning  o’rni kattadir.
  4. Boshlang’ich sinflarda  bo’sh  o’zlashtirishning  vujudga  kelishi  o’quvchining psixik jarayonlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog’liq.
  5. Bo’sh o’zlashtirish  o’quvchilar  narsa  va  hodisalar  orasidagi  muhim  belgini ajratish, predmetlarni, bir umumiy guruhga umumlashtirishga qiynalishadi.
  6. Bo’sh o’zlashtirish  o’quvchilarda  diqqat,  xotira,  tafakkur  qiyin  rivojlangan bo’lib, bunday o’quvchilar individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar.
  7. Bo’sh o’zlashtirishni  keltirib  chiqaruvchi  omillardan  yana  biri  o’quvchining maktabda o’qishga psixologik jihatdan tayyor bo’lmay kelishidir.
  8. Bo’sh o’zlashtirish  o’quvchilarda  ijobiy  o’quv  motivatsiyasi  shakllanmagan. Ma’lumki,  psixologik  jixatdan  tayyorgarlikning  asosiy  tarkibiy  qismi  motivatsion tayyorgarlikdir. 
  9. Maxsus tashkil  etilgan  mashg’ulotlarda  bo’sh  o’zlashtiruvchi  o’quvchilarni bilim jarayonlarini rivojlantirish orqali bo’sh o’zlashtirishni bartaraf etish mumkin.
  10. Bo’sh o’zlashtirishni  bartaraf  etishda  o’quvchi,  psixolog  va  ota  –  onalar hamkorlikda ish olib borishlari muhim omil hisoblanadi.
  11. Uy ta’limida  o’qigan  o’quvchilar  uchun  maxsus  platformalar  yaratish  va tizimga  soddalashtirilgan  elektron  ta’lim  resurslarini qo’llash  lozim.  Ta’lim amaliyotida  foydalanilayotgan  har  bir  interfaol  metodni  sinchiklab  o’rganish  va amalda qo’llash  o’quvchilarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri echimini  topishlariga  ijobiy  ta'sir  ko’rsatadi.  O’quvchilarning  ijodkorligini  va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchilarning bilimlarini mavzuni yaxshi egallashlariga erishiladi.
  12. O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda zamonaviy rahbarlarning boshqaruv usullari va rahbar mas‟uliyatu. Kreativ boshqaruv asosida yangi g’oyalarni yaratish qobiliyati, mazmuni, innovatsion g’oyalarni shakllantirish.

Yoshlarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  metodik  jihatdan  –  pedagogik,  mazmun jihatidan  esa  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  masala  bo’lib,  ta’lim  muassasasi faoliyati  bilan  uzviy  bog’liq.  Yoshlar  kasbiy  o’zligini  to’g’ri  anglashi  esa,  o’z navbatida,  Yangi  O’zbekistonning  zabardast  quruvchilari  bo’lib  yetishishlari  uchun zamin  yaratadi.  Shuning  uchun  ham  O’zbekistonda  o’quvchi-yoshlarni  kasb-hunarga yo’naltirish  masalasi  alohida  diqqat-e‟tibor  markazidagi  vazifalardan  hisoblanadi.

Xususan, O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining «Ishchi  kasblar bo’yicha kadrlarni tayyorlash  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»  2021  yil  8 iyundagi  PQ-5140-son  qarori  bilan  ishchi  kasblar  bo’yicha  kadrlarni  tayyorlash tizimini  yanada  takomillashtirish,  o’quv  jarayonlarini  amaliyot  bilan  bog’lagan  holda tashkil  etish,  ishsiz  aholi,  jumladan  yoshlar  va  xotin-qizlarda  zamonaviy  kasb  va tadbirkorlik  ko’nikmalarini  shakllantirish,  kasb-hunarga  o’qitish  muassasalarining faoliyati  samaradorligini  oshirishga  alohida  e‟tibor  qaratilmoqda.  Bunga  umumiy o’rta  maktablarning  9-11-sinflari  o’quvchilarini  kasb-hunarga  o’qitish  tartibi  joriy qilinganligi,  kasb-hunarga  tayyorlash  bo’yicha  umumiy  o’rta  ta’lim  muassasalariga biriktirilgan  yaqin  hududda    joylashgan  kasb-hunarga  o’qitish  markazlari,  mahalla aholisini  kasb-hunarga    Ta’lim  va  innovatsion  tadqiqotlar    o’qitish  maskanlari  va qisqa  muddatli  kurslar  ochilgan  ta’lim  muassasalarining    o’quv  binolari,  shu jumladan,  sinf  xonalari  va  ustaxonalaridan  bepul  foydalanilishi  yorqin  misol  bo’la oladi.

Kasbiy o’z-o’zini anglash – 9-11-sinf o’quvchilari uchun o’ziga xos yosh davri hisoblanadi.  Aynan  9-11-sinf  davrida  o’quvchilar  o’zlarining  kelajakdagi kasbiy  faoliyatlari  to’g’risisda  qaror  qabul  qilishlari,  kasb-hunar  tanlashga   oid shaxsiy  rejalarini  to’g’ri  shakllantirishlari  ularning  samarali    ijtimoiylashuvlaridagi muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

O’rta umumta’lim maktablarining asosiy vazifasi – o’quvchilarni kasbga yo’naltirish  ishlarini  ularning  qiziqishlari,  qobiliyatlari  va  shaxsiy    kasbiy  rejalaridan kelib  chiqib  tashkil  etilishi,  kelajakda  ta’limni    davom  ettirishlari  yoki  egallagan kasblari  bo’yicha  mehnat  faoliyati  bilan    shug’ullanishlariga  oid  muhim  qarorni to’g’ri  qabul  qilishlariga  yordam    berishdan  iborat  bo’ladi.  Chunki  o’quvchilarda kasbga  qiziqishni  ongli,    asoslangan  va  turg’un  bo’lib  shakllanishi  uchun  kasb-hunar tanlash  qay  darajada    mas‟uliyatli  bosqich  ekanligini  ta’kidlashning  o’zigina  yetarli emas.

 

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich – ma’lumotlar bazasini yaratish, ya’ni mavjud kasb-hunarlardan qaysi  birini  (yoki  qaysi  sohasini)  tanlash  maqsadga  muvofiq  ekanligini  aniqlash,

ikkinchisi  –  kasb-hunar  tanlashning  motivatsion  asosini  yaratish,    ya’ni  nima  uchun

aynan  shu  kasbni  tanlash  mumkinligi  tushuntiriladi.  Mazkur    faoliyatni  dars jarayonida  ham  samarali  tashkil  etish  mumkin.  Chunki  dars  bolalarning  kasbhunarlarga  oid  dunyoqarashlarini  kengaytirish  hamda  kasblarga  doir  ma’lumotlarga qiziqish  shakllantirishda  kuchli  vosita  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Buning  uchun fan  o’qituvchilari  darsda  berilayotgan    bilimlar  ishlab  chiqarishning  qaysi  sohalarida qo’llanilishi  mumkinligi,    kasb  egalari  uchun  bu  bilimlardan  tashqari  qanday  malaka va  ko’nikmalar  zarur    ekanligi  haqida  tegishli  ma’lumotlarni  havola  qilib  borishlari tavsiya  etiladi. 

Fan o’qituvchilari darsni tashkil etishda muammoli, tadqiqot-izlanishli, mustaqil  ta’lim  hamda  amaliy  mashg’ulotlarning  imkoniyatlaridan    foydalanishlari, o’quvchilarni  kasb-hunarlarga  oid  qo’shimcha  ma’lumotlar    berish  orqali  ularda kelajakda egallamoqchi bo’lgan kasbga ongli va turg’un  qiziqish shakllanadi.

Darsni  interfaol  metodlarga  va  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarga asoslangan holda tashkil qilish o’quvchilar kasb-hunarlarga oid ma’lumotlarni o’zlashtirishlari,  ya’ni  mavjud  zamonaviy  kasb-hunarlardan  qaysi  birini    tanlash maqsadga  muvofiq  ekanligini  aniqlashlariga  yordam  beradi.   Darsda  zamonaviy kasb-hunarlarning  ma’nosi  va  mazmunini,  nima  uchun    aynan  shu  kasbni  tanlash maqsadga  muvofiq  ekanligini  asta  sekin  tushuntirish    orqali  o’quvchilarda  kasbga qiziqish  shakllantiriladi.  Bu  esa,  o’z  navbatida,    kasb  tanlashning  motivatsion  asosini shakllantirishga hamda mustaqillik va  faollikni rivojlantirishga yordam beradi.

Ushbu  ilmiy  taxminimizni  tekshirish  maqsadida  o’rta  umumta’lim maktablarining 10-11 sinflarida YoChQBT darslarida o’quvchilarni kasbga yo’naltirish  ishlari  maqsadli  pedagogik  kuzatish  va  o’quv  xujjatlarini  o’rganish metodlari  vositasida  o’rganildi.  Darslarni  kuzatish  shuni  ko’rsatdiki,  mashg’ulotlar davomida  YoChQBT  rahbari  o’quvchilarga  kasb  tanlash  qay  darajada  mas‟uliyatli bosqich  ekanligini  ta’kidlab,  ularni  kasb  tanlash  masalasiga  jiddiy,  puxta  o’ylab yondashishlari  uchun  zarur  amaliy  va  uslubiy  tavsiyalar  berishi  ma’lum  bo’ldi.

Xususan,  o’tilayotgan  mavzu  harbiy  sohadagi  qaysi  kasb  va  mutaxasisliklar  bilan

bog’liq  ekanligini  tushuntirib  borish  bilan  birga,  kasb  sohasining  mutaxasislari ishtirokida binar o’quv mashg’ulotlarini uyushtirish  kabilarni  o’z  ichiga  olgan.  YoChQBT  darslarida  o’quvchilarni kasbga  yo’naltirishda  birinchi  vazifa  –  o’qituvchilar  tomonidan  o’quvchilar  uchun harbiy  kasblarga  oid  ma’lumotlar  bazasini  yaratish,  ya’ni  respublikamiz  Qurolli Kuchlarida  mavjud  bo’lgan  harbiy  soha  kasblaridan  qaysi  birini  (yoki  qaysi  soxadagi kasblarni) o’quvchilar tanlashi mumkinligi va, ikkinchi vazifa esa, motivatsion asosni yaratishdan  iborat  bo’lib,  bunda  nima  uchun  aynan  shu  kasbni  tanlash  mumkinligi o’quvchilarga  asoslab  berilishi  kerak  edi.  Maqsadli  pedagogik  kuzatishimiz o’quvchilarni  YoChQBT  darsi  jarayonida  kasb-hunarga  yo’naltirish  uchun berilayotgan  bilimlar  fan  yoki  ishlab  chiqarishning  qaysi  sohalarida  qo’llanilishi mumkinligi,  kasb  egalari  uchun  bu  bilimlardan  tashqari  qanday  kasbiy kompetentlikka  ega  bo’lishlari  kerak  ekanligi  xaqida  tegishli  ma’lumotlar  berish orqali  ham  amalga  oshirilishi  mumkinligini  ko’rsatdi.  Ta’lim  jarayonida  muammoli, tadqiqot  izlanishli  o’qitish,  mustaqil  ta’lim  hamda  amaliy  mashg’ulotlarning imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  esa  ma’lum  darajada  o’quvchilarni  kasb-hunarga yo’naltirishning  samaradorligini  yanada  oshirishi  o’z  tasdig’ini  topdi.  Darslar

qanchalik  qiziqarli  bo’lsa,  u  innovatsion-pedagogik  texnologiyalarga  yondashgan holda  tashkil  qilinsa,  o’quvchilarning  kasbga  qiziqishlari  shunchalik  tez  shakllanadi va tobora turg’un bo’lib boradi.

Tajribali  pedagog-o’qituvchilar  bilan  o’tkazilgan  suhbat  natijasida  dars jarayonida  berilayotgan  ma’lumotlarni  o’quvchilar  tomonidan  tushunarli  bo’lishiga alohida  e‟tibor  qaratishlari  zarur  ekanligi  ta’kidlandi.  Chunki,  o’quvchilar  kasblarga oid  ma’lumotlar  nima  maqsadda  ularga  berilayotganini  tushunsalargina  bu jarayonning  faol  ishtirokchisiga  aylanishlar  va  ta’lim  jarayonida  “sub‟ekt  –  sub‟ekt”  munosabatlari  tashkil  topishiga  imkon  yaratiladi.  Bu  esa  doimiy  ravishda o’quvchilarda  faoliyatning  ijobiy  motivatsiyasini  shakllantirib  borishga,  ularda mustaqillikni  va  bilish  faolligini  rivojlantirishga  yordam  beradi.  Natijada  o’quvchilar turli  soha  mutaxasislar  va  kasb  egalari  faoliyatlarining  ma’nosini  va  mazmunini tushunib boradilar.

O’rganish  jarayonida,  dars  rejasiga  ta’limiy,  rivojlantiruvchi  va  tarbiyaviy maqsad bilan birga kasbga yo’naltiruvchi vazifani ham kiritish kerak, degan xulosaga keldik.  Chunki  darsda  beriladigan  ma’lumotlar  maqsadga  qaratilgan  bo’lsagina o’quvchilarda  kasbga  qiziqishni  shakllantirishi  mumkin.  Aks  holda,  aniq  bir maqsadga  qaratilmagan  kasbga  yo’naltirishga  oid  ma’lumotlar  ta’sirida shakllanadigan  qiziqish  barqaror  bo’lmaydi.  Dars  jarayonida  o’quvchilarni  kasbhunarga  yo’naltirish  maqsadida  berilayotgan  ma’lumotlar  kasb  tanlash  motiviga aylanishi  uchun  hech  bo’lmaganida  o’quvchilarda  qiziqish  hissini  shakllantirishi kerak, deb hisobladik. 

Yuqoridagi  fikr  va  mulohazalarni  e‟tiborga  olib,  yoshlarni  chaqiriqqa  qadar harbiy  tayyorligi  fanidan  dars  o’tishda  didaktik,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi maqsadlariga  qo’shimcha  ravishda  kasbga  yo’naltiruvchi  maqsadni  yoki  mavzu mazmuniga  alohida  band  bilan  shunday  ma’ulmotlarni  kiritish  o’quvchilarda  harbiy soha  kasblariga  qiziqishni  shakllanishiga  samarali  ta’sir  qilishi  mumkin,  degan farazni  ilgari  surdik.  Ushbu  ishchi  Ta’lim  va  innovatsion  tadqiqotlar    farazni tekshirish maqsadida tajriba-sinov ishlari amalga oshirildi.

YoChQBT  darsi  materiallari,  dars  mavzusi  hisobga  olingan  holda, o’quvchilarni  harbiy  kasblarga  oid  qo’shimcha  ma’lumotlar  bilan  ta’minlandi.    Bu tadbirlar  o’quvchilarni  harbiy  kasblarga  oid  qo’shimcha  bilimlarni  o’zlashtirishlariga imkon yaratdi, ularning bilish faolligini oshirdi.

Tadqiqotimizning  nazorat  guruhida  ishtirok  etgan  o’quvchilarning  ko’pchiligi o’z  kasbiy  faoliyatlarini  kishilar  bilan  ijtimoiy  munosabatlarga  kirish  bilan  bog’liq bo’lishiga  qiziqish  kamroq  ekanligini  ma’lum  qildilar  (7,4  %).  Shuni  ta’kidlash joizki,  tajriba  guruhida  bu  ko’rsatkich  5,8  foizga  teng  bo’ldi.  Nazorat  va  tajriba guruhlarida  o’quvchilarni  harbiy  soha  kasblariga  qiziqishi  bir-biriga  deyarli  yaqin  ekanligi  (nazorat  guruhida  7,2%,  tajriba  guruhida  esa  5,8%),  lekin  yetarlicha  baland emasligi  aniqlandi.  YoChQBT  faniining  “Umumqo’shin  jang  asoslari”  bobi yuzasidan  dars  o’tish  jarayonida  o’quvchilarga  respublikamizdagi  qo’shin  turlari, qo’shin  turlaridagi  asosiy  harbiy  mutaxasisliklar,  ular  faoliyatining  o’ziga  xos jihatlari  to’g’risida  umumiy  ma’lumotlar  berildi.  O’quvchilarga  “Razvedka” mavzusini  o’qitishda  esa  O’zbekiston  Qurolli  Kuchlarida  razvedkachi  faoliyatining mazmuni,  vazifalari  va  ahamiyatidan  tashqari,  razvedkachilarni  kasbiy  tayyorlashni amalga  oshiruvchi  respublikamizdagi  harbiy  bilim  yurtlari,  razvedkachi  shaxsiga qo’yiladigan  psixofiziologik  talablar  to’g’risida  chuqurroq  tushuncha  berildi.  Bu  esa o’quvchilarda  razvedkachi  kasbi tomonidan  shu  kasbni  egalamoqchi bo’lgan  nomzod

shaxsiga  nisbatan  qo’yiladigan  talablari  to’g’risida  chuqurroq  ma’lumotlarga  ega bo’lishlarini  ta’minladi.  “Muhandislik  jihozlash  va  ularni  ko’zdan  yashirish” mavzusini  o’tishda  YoChQBT  o’qituvchisi  o’quvchilarga,  o’qitilayotgan  mavzuga qo’shimcha  ravishda,  harbiy-muxandislik  qo’shinlari,  unda  mavjud mutaxasisliklarning  turlari,  mutaxasislarni  tayyorlash  masalalari  va  ularga qo’yiladigan  asosiy  kasbiy  bilim,  kщnikma  va  malakalar  to’g’risida  ma’lumotlar berdilar. 

O’quvchilar,  Qurolli  Kuchlarda  harbiy-muxandislari  nafaqat  texnik  fanlarni chuqur  bilishi,  balki  kuchli  iroda,  yuqori  intellektual  qobiliyatlar  va  yuksak

ma’naviyat  egasi  bo’lishlari  ham  kerakligini  tushundilar.  Dushmanning  turli  harbiy texnikasi  va  kuchlariga  zarar  yetkazishga  doir  bo’lgan  bilimlarni  berish  “Qurolli Kuchlarda qo’llaniladigan minalar” mavzusini o’tishda amalga oshiriladi. O’qituvchi, o’tiladigan dars mavzusiga qo’shimcha ravishda, o’quvchilar bilan minyorlik ixtisosi, bu  ixtisosning  qo’shin  turlari  ichida  tutgan  o’rni,  minyorlar  uchun  zarur  bo’lgan kasbiy  bilim,  malaka  va  ko’nikmalar  to’g’risida  o’zaro  fikr  almashish  va  ularning fikrini  qo’shimcha  ma’lumotlar  bilan  boyitdi.  O’quvchilar  bilan  o’tkazilga  suhbat natijasida,  ularda  minyor  ixtisosining  harbiy  soha  kasblari  ichida  tutgan  o’rni  va  bu mutaxasislikni  zgallash  uchun  zarur  kasbiy  sifatlar  to’g’risida  tushuncha shakllanganligi  aniqlandi. 

Olingan  natijalar  tahlili.  O’quvchilarni  kasb-hunarga yo’naltirishda darsning vosita sifatidagi o’rni va  imkoniyatlarini o’rganish maqsadida o’tkazilgan  tadqiqot  ishlarimizning  natijadorligini  aniqlash  uchun  nazorat  va  tajriba guruhlari  o’quvchilari  o’rtasida  so’rov  o’tkazildi.  O’tkazilgan  so’rov  natijalarining qiyosiy  tahlili  quyidagi  jadvalda  havola  qilinadi.  №  Kasb-hunar  sohalari  Javob natijalari  Nazorat  guruhi  Tajriba  guruhi  1.  Harbiy  soha  kasblari  7,8%  18,1  %  2. Ishlab  chiqarish  sohasi  5,2%  9,5%  3.  Moliya  va  iqtisod  sohalari  kasblari  62,0% 48,7% 4.  Ijtimoiy  soha  kasblari  9,4% 12,7% 5.  Texnika  bilan  bog’liq  kasblar  16,6% 15,0%  6.  Hech  qaysi  soxa  kasblariga  qiziqmaydi  0  0  Jadvaldan  ko’rinib  turibdiki, o’quvchilarni  harbiy  kasblarga  yo’llashga  majmuali  yondashish  ularda  nafaqat  shu soha  kasblariga,  balki  boshqa  sohalarning  kasblariga  nisbatan  ham  qiziqish

shakllanishiga  samarali  ta’sir  qilishi  mumkin  ekan.  Bunda  o’quvchilarga  kasblar to’g’risida  beriladigan  qo’shimcha  ma’lumotlar  bilan  birga  ularni  kasbga  yo’llashga doir  maslahatlarning  ham  ahamiyati  kattadir.  Tajriba  guruhi  o’quvchilarida  harbiy soha kasblariga qiziqadiganlar soni 2,5 barobar ortgan (18,1 foizgacha) bo’lib, moliya va  iqtisodiyot  sohalarining  kasblariga  qiziqadigan  o’quvchilar  miqdori  esa  39,7  foizga tushgan. So’rovda ishtirok etgan o’quvchilarning aksariyati YoChQBT darslari qiziqarli,  lekin  birmuncha  murakkab  deb  hisoblaydi.  Bunday  murakkablikning  boisi sifatida,  o’qotar qurollarni, tank,  o’zi  yurar  qurilmalarni, granata va  minalarni amalda qo’llab  ko’rish  imkoniyati,  asosan  plakat  va  filmlar  orqali  amalga  oshirilishi ko’rsatildi.  O’qituvchilar  tomonidan  ta’lim  jarayonida  harbiy  soha  mutaxasisliklari to’g’risida qo’shimcha  ma’lumotlar  berish esa  darsni  yanada  qiziqarli va  “jonli” qilib yuboradi.  Bu  fikrga  YoChQBT  o’qituvchilari  ham  qisman  qo’shildilar.  Lekin  ular maktablarda o’quvchilarga haqiqiy harbiy texnikadan foydalanish va ularning texniktaktik  imkoniyatlarini  namoish  qilishda  bir  qator  qiyinchiliklar  mavjudligi  bilan asosladilar.  Bundan  tashqari,  xarbiy  texnika  va  vositalar  bilan  ishlash  bunga yetarlicha  tayyorgarlik  ko’rmagan  va  harbiy  xizmat  o’tashga  psixofiziologik  nuqtai nazardan  tayyor  bo’lmagan  yoshlar  uchun  nihoyatda  havfli  ekanligini  ta’kidladilar.  Biz,  shubhasiz,  YoChQBT  o’qituvchilarining  ehtiyotkorliklari  asosli  ekanligini tushunamiz.        

          Xulosa.  Yuqoridagilarni  hisobga  olib,  ta’lim  muassasalarida o’quvchilarni  harbiy  soha  kasblariga  yo’naltirish  hamda  zamon  talablari  Ta’lim  va  innovatsion  tadqiqotlar  asosida  bu  jarayonni  boshqarish  uchun  darsda  kasbga yo’naltirish  ishini  aniqlik,  maqsadga  muvofiqlik,  ketma-ketlilik  hamda  nazariyaning amaliyot  bilan  bog’liqligi  kabi  tamoyillarga  rioya  qiligan  holda  tashkil  qilish  katta ahamiyatga  ega  bo’ladi,  deb  hisoblash  mumkin.  Shu  bilan  birga,  o’rta  umumta’lim maktabi  yuqori  sinflarida  dars  jarayonida  o’quvchilarni  kasbga  yo’naltirishning samarali  amalga  oshirilishi  ularda  shu  sohada  faoliyat  yuritadigan  mutaxasisliklarga qiziqish  shakllanishi  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Buning  uchun  fan  o’qituvchisi  quyidagi vazifalarni  bajarish  zarur:

   dars  jarayonida  o’quvchilarga  harbiy  soha  kasblari to’g’risida  ma’lumot  berish; 

  darsda  o’quvchilarda  turli  soha  kasblariga  qiziqish shakllanishga  tizimli  yondashish; 

  dars  jarayonida  o’quvchilarga  beriladigan kasblarga  oid  ma’lumotlarni  asta-sekinlik  bilan  murakkablashtirib  borish; 

  kasbni jamiyatda  tutgaan  o’rni  to’g’risida  misollar  asosida  ma’lumot  berish;

  o’quvchilar kasblarga  oid  oladigan  ma’lumotlarini  amaliy  mashg’ulotlarda  mustahkamlab  borish;

  kasbni  egallash  uchun  muhim  bo’lgan  psixofiziologik  talablar  bilan  o’quvchilarni

tanishtirish; 

  kasblar  to’g’risida  ma’lumotlarni  yig’ishga  o’quvchilarning  o’zlarini jalb  qilish  orqali  ularning  mustaqil  bilish  faolligini  oshirish.  O’quvchilarni  darsda kasbga  yo’naltirish  -  bo’lajak  kasbiy  faoliyatlariga  ongli  munosabatda  va  kasbga qiziqishining  ilmiy,  amaliy  va  ijtimoiy  mazmuni  bilan  belgilanadi.  O’quvchilar tomonidan  o’zlari  egallamoqchi  bo’lgan  soha  mutaxasislarining  faoliyatlari mazmunini  anglab  yetishlari,  uning  maqsadi,  vazifasini  tushunishlari  kasb  tanlashga mustaqil  va  ongli  ravishda  yondashishlarini ta’minlaydi.

  1. Psixologik testlar-O’zingizda qaysi kasbga moyillik va qiziqish yuqori ekanini psixologik testlar orqali birlamchi bosqichda aniqlab olishingiz mumkin.

Faqatgina  bunda  onlayn  platformalarda  duch  kelgan  testga  emas,  soha mutaxassislari  ishlab  chiqqan  professional  testlarga  tayanish  kerak.  Shuni  esda tutish  kerakki,  test  natijalariga  «hukm»  deb  qarash  kerak  emas.  Ular  faqatgina moyillik yo’nalishini belgilab beradi.

  1. Bilimlaringizni kengaytiring -  Turli kasbiy yo’nalishlar, istiqbolli soha va  mutaxassisliklar  to’g’risida  bilimlarni  mustahkamlash  kerak.  Har  yili o’quvchilarni  kasbga  yo’naltirish  bo’yicha  kitoblar  nashr  qilib  boriladi.  Ularda hattoki  maktab  o’quvchilariga  tanish  bo’lmagan  kasblar  bilan  ham  tanishish mumkin. Ehtimol, ulardan biri sizning tanlovingiz bo’lishi mumkin.
  2. Kasblar bilan yaxshiroq tanishib chiqing -  Maktabni bitirish arafasida o’spirin ko’pincha kasblar haqida noto’g’ri tasavvurga ega bo’ladi. Ular tanlagan kasblarining  faqat  ijobiy  yoki  aksincha  salbiy  jihatlarini  ko’rishadi.  Bunda  otaonalar  farzandlariga  ko’p  narsalarni  aniqlashtirishda  yordam  berishlari  kerak.  9-sinfdan boshlab asta-sekin o’zingiz tanlagan yo’nalish bilan tanishish maqsadida institut  va  universitetlardagi  «Ochiq  eshiklar»  kunlarida  ishtirok  etish  maqsa dga muvofiq.
  3. Istaklarni tizimlashtiring  -  Qog’oz  oling.  O’zingizni  qiziqtirayotgan kasblarni vertikal ravishda va tanlanajak kasbdan nimani istashingizni gorizontal ravishda  joylashtirib  chiqing.  Jadvalni  iloji  boricha  batafsil  to’ldirish  kerak. Tanlangan kasb sohasi va kishi undan nimalarni kutayotgani bir-biriga mos kelsa, «+»,  mos  bo’lmasa  «-»  ishoralarini  qo’yishingiz  lozim.  Bu  o’z  istaklarini aniqlashtirishga  yordam  beradi  va  shu  istakka  mos  kasb  haqidagi  tasavvurni aniqlashtiradi.
  4. Amaliyot -  Qaysi  kasbni  tanlash  haqida  bir  qarorga  keldingiz,  deylik. Endi  o’zingizni  shu  yo’nalishda  sinab  ko’rish  kerak.  Buning  uchun  turli  o’quvguruhlari bo’lgan ko’plab ixtisoslashgan maktablar va kurslar mavjud bo’lib, ular transport  vositalari  mexanikasidan  tortib,  tadbirkorlikkacha  o’zingizni  sinab ko’rish imkoniyatini beradi.
  5. Zaxira aerodrome - Asosiy tanlovdan tashqari, qo’shimcha ravishda e'tiborga olinuvchi «zaxira» tanlov ham bo’lishi kerak. Chunki hayotni oldindan prognozlashtirib bo’lmaydi, unda har qanday holat ro’y berishi mumkin. Tanlangan yo’nalish bo’yicha o’qishga kira olmay qolgan taqdirda tushkunlikka tushmaslik, boshqa optimal variantlarni ham ko’rib chiqish maqsadga muvofiq.
  6. Qaror faqat  mustaqil  qabul  qilinadi  -  Ota-ona  tomonidan  beriladigan maslahatlar  foydali, lekin ular yakuniy qaror bo’lmasligi, yordamchi ta'sirga ega bo’lishi maqsadga muvofiq.  Yoki ona/ota o’z yoshligida egallay olmagan, armon bo’lib  qolgan  kasbga  farzandini  yo’naltirishi  ham  noto’g’ri.  Farzand  –  alohida shaxs  va  uning  o’z  istaklari  bor.  Bu  istaklar  avvalroq  armon  bo’lgan  xohishlar uchun qurbon bo’lmasligi kerak.
  7. 8. Oilaviy an‟analarni  davom  ettirish  majburiy  emas  -  Farzand  onasi yoki otasining kasbini davom ettirmoqchi bo’lsa, bu juda yaxshi.  Lekin bunga uni majburlash  noto’g’ri.  Otaning  shu  kasbda  o’z  baxti  va  muvaffaqiyatini  topgani o’g’ilda ham xuddi shu ssenariy takrorlanadi degani emas.  Inson yoqtirmagan ishi bilan butun hayot davomida shug’ullansa, o’zini baxsiz his qiladi

Mavzu bo'yicha testga kirish
Keyingi mavzu: Taʼlim olish muhiti va uning xavfsizligini taʼminlash.