MAVZU: TAʼLIM OLISH MUHITI VA UNING XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH
Reja:
Taʼlim olish muxitu bu- oʼziga xos taʼlim jarayoni boʼlib, bunda asosiy ustuvorlik oʼqituvchi va oʼquvchi uchun imkon qadar erkin, qulay, jismoniy zoʼriqish va ruhiy bosimlardan holi muhit yaratishga qaratilganligida namoyon boʼladi.
Taʼlimning asosiy maqsadi — ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar barcha bolalar uchun sifatli taʼlim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash, ularni jamiyatning faol fuqarolari sifatida voyaga yetkazish va mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. Mamlakatimizda bepul maktabgacha taʼlim va umumiy oʼrta taʼlim barcha uchun kafolatlangan.
Taʼlim jarayonida ham oʼqituvchilar, ham oʼquvchilarning jismoniy va ruhiy zoʼriqishlardan holi boʼlishini taʼminlashga xizmat qiluvchi boshqa omillar ham mavjud:
Masalan oʼquvchilarga uy vazifalar oʼquvchining yosh xususiyatiga qarab- koʼp vaqtga choʼzilmiydigan, oʼquvchini ruhiy zoʼriqtirmaslikka asoslangan boʼlishi hamda darslar orasidagi tanaffuslar ularning zaruriy ishlariga ulgurishlariga, toza havoga chiqib kelishlariga hamda ozroq boʼlsada dam olishlariga imkon yaratilishi ham taʼlim olish muhitining tashkil etilganligiga bogʼliq.
Umumiy oʼrta taʼlimning oʼquvchilarni taʼlimning keyingi bosqichlariga, jumladan, oliy taʼlimga tayyorlashdagi hal qiluvchi ahamiyatini hisobga olinsa, oʼzbek maktablarida fin tajribasining tizimli va muvaffaqiyatli joriy etilishi sohada sezilarli siljishlarga olib keladi. Faqat bu borada vaqt va resurs masalasi muhim rol oʼynashini hisobga olish muhim.
Bola huquqlari – bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, jinsi, tili, dini, tugʼilgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, har bir bola ega boʼlishi kerak boʼlgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga etmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.
Bola huquqlari boʼyicha xalqaro va milliy darajada koʼplab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari toʼgʼrisidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari toʼgʼrisidagi konventsiya hisoblanadi. Konventsiya Nьyu-Yorkda 1989- yil 20-noyabrda qabul qilingan. Unda 54 ta moddadan iborat boʼlib, ularda bolalarning huquqlari. Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qoʼllaniladi.
Konventsiyada birinchi marta bola Konventsiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar «hurmat qilish va kafolatlash» talab qilinadigan huquqlarga ega boʼlgan shaxs sifatida koʼrib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatning juda himoyasiz aʼzosi ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini koʼrsatadi.
Nьyu-York shahrida 1989- yil 20- noyabr kuni qabul qilingan .
Oʼzbekiston Respublikasi mazkur Konventsiyaga 1992-yil 9- dekabrda qoʼshilgan Konventsiyaga muvofiq har bir shaxs 18 yoshga toʼlgunga qadar bola deb eʼtirof etiladi.
Konventsiya 54 moddadan iborat boʼlib, unda quyidagi asosiy normalar belgilangan:
1-4-moddalarda: «bola» tushunchasi, bolalar manfaatlarining ustuvorligi va ishtirokchi-davlatlarning Konventsiyada belgilangan huquqlarni kamsitishsiz amalga oshirish choralarini koʼrish majburiyati;
5-11-moddalarda: hayotga, ismga, fuqarolikka, ota-onasini bilish huquqiga, ota-onaning gʼamxoʼrligi va ajralmasligiga, ota-onalarning bolalarga nisbatan huquqlari va majburiyatlari;
12-17-moddalarda: bolalarning oʼz nuqtai nazarini, oʼz fikrini bildirish, fikrlash, vijdon va din erkinligi, uyushish va tinch yigʼilishlarga boʼlgan huquq, bolaning axborotga ega boʼlish va uni tarqatish huquqlari;
18-27-moddalarda: davlat tomonidan bolaning ota-onalariga va qonuniy vakillariga yordam berish, shuningdek bolalarga ularni tarbiyalovchi shaxslar tomonidan qoʼpol muomala boʼlish, ularning tahqirlanishidan himoya qilish, oilaviy muhitdan mahrum boʼlgan yoki asrab olingan, aqliy yoki jismoniy jihatdan zaif bolalarni himoya qilish, bolalarning sogʼliqni saqlash sohasidagi huquqlari, shuningdek, bolalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur boʼlgan turmush darajasi toʼgʼrisidagi normalar;
28-31-moddalarda: bolalarning taʼlim olish, ona tili va madaniyatidan foydalanish, dam olish olish va madaniy sohadagi huquqlari;
32-36-moddalarda: davlatning bolalarni noqonuniy ekspluatatsiya qilinishdan, giyohvand moddalarni noqonuniy isteʼmol qilish, oʼgʼirlash va bolalar savdosidan himoya qilishga oid majburiyatlari;
37-41-moddalarda: sodir etilgan jinoyatlar uchun jazodan ozod qilish imkoniyati boʼlmasa oʼlim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolari 18 yoshga toʼlgunga qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan qoʼllanilmasligi, bolalarga nisbatan qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsituvchi jazo taʼqiqlanishi, jinoiy xatti-harakatlar sodir etishda ayblanayotgan bolaning huquqlari, shuningdek qurolli toʼqnashuvlar va urushlar paytida bolalarni himoya qilish normalari.
Konventsiyaning aʼzo davlatlar tomonidan bajarilishi ustidan monitoringni BMTning Bola huquqlari boʼyicha qoʼmitasi amalga oshiradi.
Oʼzbekiston Respublikasi Bola huquqlari toʼgʼrisidagi konventsiyani 1992- yil 9- dekabrda ratifikatsiya qildi.
Oʼzbekistonda bola huquqlari quyidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilinishi bilan «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida» 2019 yil 22 apreldagi PQ-4296-sonli qaroriga binoan Ombudsman hozirda oʼz oʼrinbosariga – bolalar huquqlari boʼyicha vakilga ega. Oʼquvchilar huquqini himoya qilishda nafaqat sogʼlom bolalar balki nogironlgi boʼlgan oʼquvchilar huquqini ham himoya qilish maktab direktorining vazifasiga kiradi.
Nogironligi boʼlgan shaxslar barcha darajalardagi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish va oʼz qobiliyatini yanada toʼliqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida taʼlim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Nogironligi boʼlgan shaxslarning umumiy oʼrta va oʼrta maxsus taʼlimi, professional taʼlimi taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat boʼlganda esa ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida amalga oshiriladi.
Nogironligi boʼlgan shaxslarning maktabdan tashqari taʼlimi bolalar, oʼsmirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlarida, «Barkamol avlod» bolalar maktabida, bolalar-oʼsmirlar sport maktablarida, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida, studiyalarda, axborot-kutubxona hamda sogʼlomlashtirish muassasalarida amalga oshiriladi.
Nogironligi boʼlgan shaxslarning oliy taʼlimi oliy taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida amalga oshiriladi.
Nogironligi boʼlgan shaxslarning oliy taʼlimdan keyingi taʼlimi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarda olinishi mumkin.
Statsionar davolash-profilaktika yoki reabilitatsiya muassasalarida davolash kursini oʼtayotgan nogironligi boʼlgan bolalar uchun mazkur muassasalarda oʼquv mashgʼulotlari tashkil etiladi.
Professional taʼlim olish uchun maxsus shart-sharoitlarga muhtoj nogironligi boʼlgan shaxslar uchun turli tipdagi va xildagi ixtisoslashtirilgan professional taʼlim muassasalari tashkil etiladi. Ularda oʼqitish maxsus oʼquv dasturlari asosida davlat taʼlim standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. ( Internet materiallaridan)
Oʼz oʼrinida xavfsiz taʼlim olish muhitini yaratishning oʼziga xos huquqiy tuzilishi mavjud boʼlib ular quyidagicha: Mustaqillik yillarida, birinchi navbatda, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan qoidalaridan kelib chiqqan holda, bolalar huquqlariga doir milliy qonunchilik bazasi tubdan yangilandi. 1992- yilning 9- dekabrida erkin fuqarolik jamiyati qurish gʼoyasini bosh ustuvor maqsad deb bilgan mamlakatimizning mustaqillikka erishgandan soʼng ratifikatsiya qilgan dastlabki xalqaro huquqiy hujjatlaridan biri “Bola huquqlari toʼgʼrisida”gi konventsiya boʼldi. Bu bilan Oʼzbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan hujjatni tan olish barobarida, bolalar huquqlarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etishini ham isbotladi. Bolalar huquqlariga doir muhim xalqaro hujjatga qoʼshilganimizdan keyin mamlakatimizda implementatsiya jarayoni, yaʼni milliy qonunchilik hujjatlarini Konventsiya talabi asosida isloh qilish boshlandi.
Oʼzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasi XIV bobi “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlanib, 77-moddasida “Ota-onalar va ularning oʼrnini bosuvchi shaxslar oʼz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, taʼlim olishi, sogʼlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishi xususida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum boʼlgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning taʼlim olishini, sogʼlom, toʼlaqonli va har tomonlama kamol topishini taʼminlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini ragʼbatlantiradi“, 78-moddasida esa “Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan toʼlaqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir. Oʼzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida”gi qonuni 2008- yilning 7- yanvarida qabul qilingan boʼlib, bola huquqlarini himoya qilish boʼyicha davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari sifatida quyidagilar belgilab berildi: bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash; bola hayoti va sogʼligini muhofaza qilish; bola kamsitilishiga yoʼl qoʼymaslik; bolaning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish; bola huquqlari va imkoniyatlarining tengligini taʼminlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish; bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish boʼyicha davlat organlari va mansabdor shaxslari faoliyatining ochiqligi hamda oshkoraligini taʼminlash; bolalarning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʼmaklashish; bola huquqlarini taʼminlash maqsadida davlat organlari, nodavlat notijorat, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va rivojlantirish; bolalarning ijtimoiy koʼnikmasiga, voyaga yetmaganlar oʼrtasida huquqbuzarliklarni kamaytirishga koʼmaklashish va boshqalar.
Xususan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 22 -apreldagi “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qaroriga asosan, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) oʼrinbosari – Bola huquqlari boʼyicha vakil lavozimi, shuningdek, 2020- yil 29- maydagi "Bola huquqlarini himoya qilishni takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida" gi farmoni bilan Bola huquqlari boʼyicha vakilning asosiy vazifalari va faoliyat yoʼnalishlari belgilab berildi.