menejment.uz
Mavzu: O‘quv tarbiya jarayonida oʻquvchilarni ragʻbatlantirish.

Mavzu: O‘quv tarbiya jarayonida oʻquvchilarni ragʻbatlantirish

 

Tarbiya jarayonining mohiyati.

 

Tarbiya nazariyasi—pedagogika fanining bir kismi bulib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini urganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iktisodiy nuktai nazardan yondashish usib kelayotgan esh avlod tarbiyasi bi- lan boglik jarayonni ham kaytadan ko‘rib chiqishni takozo etmokda. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustakilligiga erishuvi ta‘lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma‘lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshka bulimlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta‘lim nazariyasi, maktabshunoslik bilak o‘zviy boglangandir.

Tarbiya jarayonining moxiyati shu jarayon uchun harakterli bulgan va muayyan qonun iyatlarda namoyon buladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.

Hozirgi zamon pedagognkasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta‘sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning anik bir maqsadga karatilgan, bir-biri bilan hamkorlikda kiladigan munosabatlari va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishi ekanligi aloxida ta‘kidlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun oila, davlat oldidagi mas’uliyatini anglab etadigan har tomonlama etuk shaxsni shakllantiruvchi, intellektual va ilmiy ko‘chlarni tarakkiy ettirishdek yuksak madaniyatlarni belgilab berdi.

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim va madaniyatni rivojlantirish hamda islox qilish, intellektual va ma‘naviy ko‘chlarni mustaxkamlash muxim ahamiyatga molikligi qayd etib utildi. Bugungi ko‘nda shunchaki bilim egasi bulgak insonni emas, balki ijodkor, o‘z iste’dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon takozosidir.

Tarbiya jarayonida kishining turli kobiliyatlari rivojlanadi, goyaviy, axlokiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy karashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy ko‘ch-ko‘vvatlari mustaxkamlanadi.

Bola kattalarning tajribalarini sust xolda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi: bu o‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega buladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va bilimni o‘zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulgaygani sari bu faollik tobora ko‘prok mustakil xususiyatlarga ega bulib boradi; tarbiyalanuvchilar o‘zlarida dunyokarashni tarkib toptirishga, o‘z-o‘zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan xodisalarni tushunishga hamda idpok etilgan narsalarga tankidiy munosabatda bo‘lihga ko‘nika boradilar,

Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baxo berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zavkiy, Furkat, Avaz Utar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar.

 

 

Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.

Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi etmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi. Tarbiya metodlarini bunday xususiy takomillashtirish tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya usullari – umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar – bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar – metodlarga aylanishi mumkin. Tarbiya metod va usullarini bilish, ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni egallash – bu pedagogik mahorat darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biri. Tarbiya metod va usullarining aloqadorligi ana shunda.

Amaliyotda tarbiya vositalari tushunchasi ham ajratiladi. Usullar deganda ta’sir ko‘rsatishlar birligi, vosita deganda, usullar yig‘indisi tushuniladi. Vosita – bu usul ham emas, metod ham emas. Masalan, mehnat – tarbiya vositasi, biroq uni ko‘rsatib berish, mehnatni baholash, ishdagi xatoni ko‘rsatish – bu usullar. So‘z (keng ma’noda) – tarbiya vositasi, biroq replika taqkoslash – usullar. Bu bilan bog‘liqlikda ba’zan tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsadni muvafaqqiyatli amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul va vositalar tizimi sifatida aniqlanadi. Xuddi shuningdek metodning tuzilishida usullar va vosita albatta mavjud bo‘ladi.

Tarbiya metodlarining maqsadi va mazmuni

Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.

Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq.

  1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 
  2. Tarbiya mazmuni.Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
  3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
  4. Jamoaning shakllanganlik darajasi.O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
  5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.
  6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar.Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.
  7. Tarbiya vositalari.Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismlari sifatida yuzaga chiqadigan  tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qullaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llanilishi uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.
  8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi.Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llashni egallagan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘kituvchida ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natijada turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda samarasi past bo‘ladi.   
  9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam , maqsad esa katta bo‘lsa, «Kuchli harakatlantiruvchi» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «ayaydigan» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatlantiruvchi» va «ayaydigan» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.     
  10. Kutiladigan natija.  Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvafaqqiyatga erishishiga ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak.

Zamonaviy pedagogikada ba’zilari amaliy vazifalarni hal etishga, ba’zilari faqat nazariy vazifalarni o‘zida aks ettiradigan o‘nlab tarbiya tasniflari mavjud.

Metodlar o‘ziga xos xarakteriga ko‘ra ishontirish, mashq, rag‘batlantirish va tanbeh berishga bo‘linadi. Mazkur holatda metodning umumiy xarakterli belgisi uo‘zida yo‘nalganlikni, o‘ziga xoslikni, qo‘llanishga yaroqlilikni aks ettiradi. Bu tasnifga metodlarning ko‘proq umumlashganligi bilan ajralib turuvchi tarbiyaning umumiy metodlari mustahkam tutashib ketadi. U o‘zida ishontirsh, faoliyatni tashkil etish, o‘quvchilarning xulq-atvorini rag‘batlantirish metodlarini qamrab oladi. I.S. Marenkoning tasnifida tarbiya metodlari guruhlar quyidagicha nomlanadi: tushuntirshli-reproduktiv, muammoli vaziyatli, o‘rgatish va mashq metodlari, rag‘batlantirish, to‘sqinlik qiluvchi, boshqarish, o‘zini-o‘zi tarbiyalash.

Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishi natijalariga ko‘ra metodlarni ikki guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishga, tasavvur, tushuncha, g‘oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi.
  2. Xulq-atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga ta’sir etuvchi.

Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bogʻliq boʻladi. Tarbiya metodlari barkamol shaxs fazilatlarini tarkib toptirishga qaratilgan boʻladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi.

Oʻquvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda boʻladi. Bu ularning alohida xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada oʻrinli va samarali tanlanganligiga hamda mohirona qoʻllanganiga bogʻliq. Tarbiya metodlarini toʻgʻri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda oʻquvchilarning oʻz-oʻzini tarbiyalash faolligini oshirishga yordam beradi. Masalan, oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini, ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.

Tarbiya qoidalari

Tarbiya qoidasi — pedagog ta‘lim va tarbiya jarayonini yaxshirok tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlangich xolat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yul-yo‘rik ko‘rsatuvchi qoidalar xisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf — donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil harakterga ega bo‘lib, tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini va qonun iyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.

Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga ko‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi.

Tarbiyaning moxiyati, mazmuni, qoidalari mamlakatimizda yangicha iqtisodiy munosabat sharoitlarining o‘zgarganligi sababli kengayib bormoqda.

Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash, uni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun deyarli barcha qoidalarni, usullarni, goyalarni kaytadan ko‘rib chiqishimiz, bola shaxsiga e’tiborni karatishimiz, yillar davomida tuplangan ijobiy tajribadan unumli foydalanishimiz zarur.

Tarbiya qoidalariga ko‘yidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma‘lum maqsadga karatilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan boglikligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy kadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini xisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta‘sirlarning bir- ligi va o‘zluksizligi qoidasi va boshqalar.

1.Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi

Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad, har tomonlama ma‘naviy rivojlangan aqliy va axlokiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Shunga ko‘ra tarbiyaviy faoliyatning mazmuni, tashkiliy shakllari va usullari shu maqsadga erishishni ko‘zda tutadi.

Umumiy ta‘lim maktabining asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, his-tuyg‘uli va jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish, imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Shuningdek, o‘quvchilarda milliy gurur va milliy axloq-odobni shakllantirishni ko‘zda tutadi.

Tarbiyaviy ish ma‘lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Ko‘pincha bir necha maqsad va vazifa birdaniga bajariladi, bu esa o‘quvchnlar jamoasining aqliy va axlokiy usishini ta‘minlaydi.

Maqsadga intilish va maqsad bir xil narsa emas. Yaxshi bir maqsad izxor kilingan bulsa-da, ammo bu maqsadni amalga oshirish uchun xech qanday ish kilinmagan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun maqsadni amalga oshirish uchun harakat qilish lozim.

Shaxsning shakllanish manfaatlari har bir pedagogik tadbirni tarbiyaning umumiy maqsadlari bilan boglashni, uni rejali tarzda va kat’iy sur’atda amalga oshirishga harakat qilishni talab etadi.

Ma‘lumki, O‘zbekiston o‘tish jarayonini boshdan kechirmoqda. Inqilobiy o‘zgarishlar ketayotgan xozirgi sharoitda yoshlarni jamiyatimiz g‘oyalarining ko‘chiga ishontirish, yangi jamiyatni barpo etishda o‘z xissalarini ko‘chishga ijtimoiy-foydali mexnatda bevosita ishtirok etishga rag‘batlantirish juda muhim- dir.

Tarbiyaning ma‘lum maqsadga kiritnlganlik qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi. Har bir tarbiyaviy tadbir oldindan puxta o‘ylangan, muayyan maqsadni amalga oshirishga buysundirilgan bo‘lsa, uning g‘oyaviy-siyosiy darajasini ko‘taradi, tanlangan usul va vositalar maqsadga muvofik keladi, ularning tarbiyaviy ta‘siri yuqori buladi.

2.Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi

Umumiy ta‘lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi, munosib shaxs, o‘z ishining ustasi bulgan o‘qituvchiga muxtoj.

O‘qituvchining bilim saviyasi, ma‘naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi taraqqiyotga eltuvchi etakchi omillardan biridir. O‘qituvchi yurish-turishi, xatti-harakati, kiyinishi, muomalasi bilan o‘quvchi kalbiga kirishi, uni ezgulik sari yo‘naltirishi kerak.

Maktabda ruxiy xizmatdan foydalanib bolalar kayfiyatini, qiziqishini, intilishini va kobiliyatlarini aniqlash ta‘lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashishga imkon beradi.

Yoshlarni insoniy fazilatlar ruxida tarbiyalashda mukaddas kitob Qur’oni Karim, Xadisi sharifdan foydalanish juda muxim. Maxmud Qoshgariyning «Devonu lug‘atit turk», Yusuf Xos XojIbning «Ko‘tadgu bilig», Axmad Yugnakiyning «Xiba- tul xakoyik», Kaykovusning «Qobusnoma», Axmad Yassaviyning «Xikmatlari», Sa‘diy Sheroziyning «Guliston va Buston», Abduraxmon Jomiyning «Baxoriston», Alisher Navoiyning shox  asarlari, xikmatlari muxim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Shunday ekan, maktabda o‘quvchilarga gumanitar-ijtimoiy: fanlardan ta‘lim berishda tarbiyaga ko‘proq e’tiborni qaratmok lozim. Ayniqsa hozirgi sharoitda O‘zbekiston tarixi, adabietini o‘qitish jarayonida bevosita tarbiyaga oid bo‘lgan milliy ma‘naviyatga, milliy rux, urf-odat va, shuningdek, umumbashariy qadriyatlarga aloxida urg‘u berish zarur.

O‘qituvchi o‘quvchi qalbiga yo‘l topish uchun bilimi va ishi bilangina emas, ayni paytda odob-axloqi, madaniyati, rostguylik va shirinsuxanligi bilan namuna bo‘lishi lozim. Shundagina o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida haqiqiy do‘stona munosabat qaror topadi.

Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smir va yosh yigitning betakror va o‘ziga xosligini xurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini xisobga olish lozim.

Yaxshi o‘qituvchi o‘quvchilarning so‘zini diqqat bilan tinglaydi, ularga dalda beradi, tinchlantiradi, to‘g‘ri baho qo‘yadi, hammani teng ko‘radi, bolalarni sevadi.

Tarbiyani demokratiyalash — bu tarbiyani ma‘muriy extiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir.

Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘qituvchilar o‘rtasida xurmat tuyg‘ularini shakllantirish, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lih lozim. Maktab osoyishtalik, insonga mehr-muhabbat- beshigi bo‘lishi kerak.

O‘qituvchi o‘quvchiga, avvalgidek, tarbiya ob’ekti emas, xuddi o‘zi kabi sub’ekt deb karashi darkor. Ya‘ni o‘quvchiga faqat mening buyrugimni bajaruvchi emas, balki mening o‘zim bilan teng huquqli, birga ishlovchi, hamkorlik qiluvchi deb qarashi lozim.

Bola butun qalbini darsga bagishlasa, uni og‘ir axvolga solib ko‘rgan bo‘lamiz, u faqat o‘quvchigina emas, avvalo, rang barang qiziqishlar, extiyojlar, intilishlarga ega bo‘lgan insondir.

Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyati va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi, shaxsning rivojlanish va o‘zligini anglash huquqini ta‘minlaydi.

3.Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi qoidasi

O‘quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarni egallashga bulgan  talablarini shakllantirish, malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarini shakllantirish juda muximdir.

O‘zbek xalqining madaniy merosini urganishda va rivojlantirishda milliy o‘ziga xosligi, ma‘naviy xususiyatlari hisobga olinib, xalq pedagogikasi an’analariga suyangan xolda ish ko‘rilishi maqsadga muvofik. Kishilik jamiyatiga muxabbat, tabiat muxofazasi, madaniy yodgorliklarni saqlash ishlariga jalb qilish lozim.

Ma‘naviy qadriyatlar va g‘oyalar har xil millat o‘quvchilarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishga yordam beradi.

Xalq pedagogikasini bola tarbiyasidagi boy tajribalari hayotga to‘la tadbiq etilmaganligi, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari, sharqona urf-odatlar, boy an’analari haetga joriy etilmaganligi tarbiya borasida talay ko‘surlarning yuzaga kelishiga sabab bulgan.

Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy gurur tuygusini karor toptirish mumkin emas.

O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar eshlar tarbiyasida muxim vosita bulib xizmat kiladi. Ismoil-al Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf-Xos Xojib, Axmad Yugnakiy, Sa‘diy Sheroziy, Axmad Yassaviy, Nizomiy Ganjaviy, Farididdin Attor, Abduraxmon nomiy, Alisher Navoiy va boshka buyuk mutafakkirlarning asarlari orkali o‘quvchilar go‘zal axlok, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafkat, sixat-salomatlik, ota-onani xurmat qilish koi- dalari haqida keng tasavvurga ega buladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axlokiy xususiyatlarini, ya‘ni odamlar urtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, dustlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarini qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shu go‘zal fazilatlarni karor toptirishga ahamiyat berganlar.

4.Tarbiyada izchillik, tizimlilik — tarbiyaviy ta‘sirlarning uygunligi va uzluksizligi qoidasi.

Tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik harakatning pirovard natijasiga yunaltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart.

Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumning ishi va o‘zluksiz bulsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, tarbiyaning barcha tomonlari hamoxang bulsin, turli ijtimoiy, jamoat va davlat institutlari va muassasalarini shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi harakatlari mujassamlashsin.

Tarbiya ishida izchillik juda muximdir. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so‘ngra o‘zining bu talabini unutib ko‘rsa yoki o‘zi bu talabga hilof ish tutsa, bu hol tarbiyaga juda yomon ta‘sir kiladi. O‘qituvchi subutli; o‘z lafziga sobiq bulmogi kerak. Masalan: «Ertaga .kundaliklaringizni tekshiraman», «Oyoq kiyimlaringizni moylanganligini ko‘raman» deb va‘da berdingizmi, ijrosini unutmang. Pedaror biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni bolalarga va‘da qilib, sal orada va‘dasini esdan chiqarib ko‘rsa, o‘quvchilar bunday o‘qituvchiga ishonmay qo‘yadilar. Har bir pedagogning ishi bilan so‘zi bir bo‘lishi lozim.

Bolalarga birdaniga juda ko‘p talab va qoidalarni takdim qilish mumkin emas. Bolalarga tarbiya va ta‘lim berishda uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak.

Hamma tarbiyachilar o‘quvchiga bo‘lgan munosabatlarida bir- birlariga zid harakatda bulmasliklari, bir xil yagona talab qo‘yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda bunday izchilikka rioya etish juda ham muhimdir.

O‘quvchilarga tarbiyaviy ta‘sir ko‘rsatishda izchillikka rioya qilish, muomalani-avvalgicha davom ettirish va bir xil talab ko‘yish muvaffaqiyat qozonishning eng muxim shartlaridan biridir. Afsuski, amalda ba‘zan oila maktabning talablarini ko‘llab-ko‘vvatlamaydigina emas, balki o‘quvchiga teskari ta‘sir ko‘rsatadi. O‘qituvchilar orasida ham talabalarning bir xilligi hamisha ta‘minlanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, bulib, unda ota-ona, o‘qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya usullari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiya ishida tarbiyani amalga oshiradigan barcha buginlarning (oila va maktab, o‘quvchilar va eshlar tashkilotlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning) hamjixat va bamaslaxat ish ko‘rishini ko‘zda tutadi. Chunki tarbiyaviy ta‘sirdagi tizimlilik fakat eshlarni emas, balki axolining barcha katlamini qamrab olishi kerak. Axoli qatlamlarini tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va usullari ijtimoiy-iktisodiy ham pedagogik jixatdan, nafaqat tub axoli, balki Respublikada istiqomat qilayotgan boshqa millatlar va elatlarning etnopedagogikasi pozitsiyasi jixatdan ham ta‘minlanishi kerak.

Tarbiya usullari haqida tushuncha

Bola o‘qishni, tarbiya olishni istaydi, ulgayib jamiyat haetida faol ishtirok etishni xoxlaydi. Pedagog uni kay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim. O‘quvchilar yaqin kishilarining (ota-onasi, o‘qituvchilari, tarbiyachilarining) munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina bola pedagogik ta‘sir o‘tkazishga ochin va moyil bo‘ladi. O‘qituvchi—do‘st, murabbiy, yo‘l boshlovchi bo‘lgandagina o‘quvchilar o‘zlarining ichki olamlarini ochib ko‘rsatadilar.

Yuqorida aytganimizdek, tarbiya— tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoklama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bulgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba urganuvchi eshlardir. Ammo tarbiyala- nuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko‘rsatmasalar, tajriba va bilim urgana olmaydilar.

Demak, tarbiya usuli — tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro ta‘sir ko‘rsatish usullaridir. Ilmiy adabietlarda tarbiya usullarini tarbiya metodlari deb ham ishlatiladi.

«Metod» so‘zi grekchadan olingan bulib, yo‘l, usul ma‘nosini bildiradi.

 

 

Ta‘lim usullari singari tarbiya usullari ham aloxida kismlarga bulinadi. Masalan: o‘qituvchi sinfda birinchi marta sinf xonasini tozalash uchun shanbalik uyushtirmokda. Bolalarga ish bulib berishdan avval u lattani qanday qilib xullash, partalarni va polni artish haqida gapirib, ko‘rsatib beradi. O‘qituvchining so‘zi bu erda uslub hisoblanadi. Usul va uslub bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan holda pedagogik jarayon moxiyatiga ko‘ra bir-biriga utib turishi mumkin.

O‘qituvchilarning jamoa va individual faoliyatlarini maqsadga muvofik tashkil qilish uchun tarbiya shakllaridan foydalaniladi. Masalan: sinf majlisi, yigilishlar, ertalabki lineyka, klub ishlari va boshqalar.

Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofik yo‘l bilan xal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali ko‘llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari o‘quvchilar jalb kilingan faoliyat turlari- kinofilmlar, san’at asarlari, o‘quvchining jonli so‘zi, bolalar uyini, sport, badiiy xavaskorlik tugaraklari va boshka faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin.

Tarbiya vositalari tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘qituvchi-tarbiyachining tarbiya tizimiga kiritilishi lozim. Masalan, maktab ko‘tubxonasi tarbiya vositasi bo‘lishi uchun o‘qituvchi va ko‘tubxonachi yozuvchilar bilak uchrashuv, o‘qilgan kitoblarni muhokamasini uyushtirishlari lozim.

Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan moxirona foydalanishga boglik.

Tarbiyachilar ta‘sir etishning bola shaxsiyatiga mos usulini, eng makbul usulni tanlab olishlari, uning shaxsini o‘zgartirish uchun kerakli sharoit yaratishlari darkor.

Tarbiya usullari har bir bolaga, har qaysi bolalar jamoasiga aloxida munosabatda bo‘lihni nazarda tutadi.

Shunday qilib, tarbiya jarayonida o‘qituvchi yakka o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yulida biron-bir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat harak- terini xisobga olgan holda ta‘sir etish shakllari majmuasiga tarbiya metodi deyiladi.

Tarbiya goyatda murakkab jarayon bulib, har davrning ijtimoiy-siyosiy xaetini o‘zida aks ettiradi. Uning usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o‘zini oklagan urf-odatlar an’anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyokarashi tarbiya vositalari buladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan o‘zilmasligi kerak.

Xalq pedagogikasi o‘zbekona axlok, odob va tarbiyaning barcha kirralarini o‘zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turli xil tarbiya usullari va vositalaridan foydalaniladi, bu usul, vositalar nixoyatda rang-barang bulib, ko‘p tomonlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik kiladi. Chunki bu usullar ilmiy pedagogikaning shakllanishida ham o‘z ta‘sirini utkazgan.

Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan juda xilma-xil tarbiya usullarini ko‘yidagi tarzda umumlashtirish mumkin.

  1. Tushuntirish (urgatish, odatlantirish, mashk qildirish).
  2. Namuna (maslaxat berish, o‘zr surash, yaxshiliklar haqida so‘zlash, urnak bo‘lih).
  3. Nasixat berish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma‘ko‘llash, raxmat aytish, duo qilish, ok yul tilash va xrkazolar).
  4. Qoralash va jazo (ta‘kiklash, ta‘na, gina, tanbex berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, ko‘rkitish, nafratlanish, ont-kasam ichirish, urish, kaltaklash va xokazolar). Agar sinchiqlab karalsa, yukorida keltirilgan turt xil usul umum bir yaxlitlikni ifodalaydi. Olden bolaga umumiy manzara tushuntiriladi. Bolalar narsa va xodisalarga tushunmaganlarida tarbiyachi namuna vositasini utaydi, ya‘ni yoshlarning mustakil ko‘zatuvchanligiga e’tibor beriladi. Unda ham tushunmaganlar kattalarning nasixati, o‘giti orkali parsa va xodisalarning moxiyatiga etadigan bo‘lihadi. Bordiyu bunda ham bolalar tushunishmasa yoki tushunishni istashmasa, unda koralash va jazo usullaridan foydalanishga to‘g‘ri kelgan. Lyokin bu sunggi chora ekanligini xalq yaxshi tushungan. Hozirgi zamon ilmiy pedagogikasi koralash va jazoni sunggi chora, anikrogi kam samara beradigan chora ekanligini isbotlagan.

Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya usullari va tarbiyaviy ta‘sirlar muayyan vositalar orkali amalga oshi- rilgan. Mexmon ko‘tish, mexmonga borish, turli mehnat jarayonlari, xasharlar, turli gurunglar (choyxona, tuy marosimlari) sayillar, turli nishonlashlar (tugilgan kunni nishonlash, qizlar bazmi, yigitlar bazmi), musobaqalar, turli marosim va boshkalar o‘ziga xos tarbiya vositasi vazifasini bajargan.

O‘quvchi eshlarni tarbiyalashda milliy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar asos qilib olinishi kerak. Bular o‘z navbatida, yangicha tarbiyaning o‘zgacha muvofik uslub va shakllarini taqozo etadi.

Inson kalbiga bugun ekilgan yaxshilikka urundi oradan o‘n yillar o‘tgach unib chiqadi, buni ilmiy asoslab oldindan ko‘ra bilish kerak,

Tarbiya usullarini o‘rganish, tahlil qilish, bu usullardan pedagogik jarayonda foydalanish, ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun ularni shartli ravishda bir necha guruxga bo‘lib olamiz: ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar; faoliyat jarayonida ijtimoiy xula va tajribalarni shakllantirish usullari; o‘z-o‘zini tarbiyalash usullari hamda rag‘batlantirish usullari va jazolash usullari.

1.Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar. Bu o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tikodni, ma‘naviy va siyosiy-goyalarni shakllantirish maqsadida ularni ongi, xislari va irodasiga ta‘sir ko‘rsatish usullari kiradi.

O‘quv usullarining mohiyati shundaki, ular orqali jamiyat o‘quvchilar ongiga qanday talablar qo‘yayotgani etkaziladi. Yoshlarning dunyoqarashlarini shakllantirish, hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar ishlatiladi. O‘quvchilarda siyosiy onglilik va, ijtimoiy faollik, ya‘ni davlatni ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilishni tarbiyalash lozim. Tushuntirish—ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir. Tushuntirishning vazifasi o‘quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g‘ururli qilib tarbiyalashda yordam berishdan iborat. Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakatimiz fuqarosining o‘z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan boglanganligi borasida ma‘lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrogi, gerbi, madxiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruxida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli o‘quvchilarga bayron, gerb, madxiya, konstitutsiya moxnyati tushuntiriladi.

Suhbat va hikoya. O‘quvchi shaxsini goyaviy va axlokiy shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta‘sirli usul xisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning mazko‘r sinf uchun dolzarbligi, bolalarda axlokiy ishonch uygotishning Suhbat mazmuniga bulgan munosabatlarini va Suhbatdan ko‘tilaetgan natijani xisobga olish lozim. Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin: etik mavzular (kishilarning jamiyatdagi axlok myozonlari, o‘zini to‘tish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go‘zalligi, shaxslararo munosabatlar, inson go‘zalligi), siesiy mavzularda (davlatning ichki va tashki siesati, dunyo vokealari), ta‘lim va bilishga oid mavzularda (koinot, xayvonot dunyosi). Suhbat davomida o‘quvchilarning dilidagini aytish jasoratini uygotish, o‘quvchilarni fikrlashga majbur kiluvchi savollar berish juda muximdir. Bu borada baxs-munozaralarning ahamiyati katta.

Hikoya. O‘quvchilar odatda hayotdan va badiiy adabiyotdan olingan aniq misollar bilan toliq, hikoyalarni kiziqib ting- laydilar. Ularga axloq myozonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tabiiy boyliklari, ajoyib, mehnatkash kishilari, tarix, adabiet, san’at haqida Hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiet, radio, televidenie, gazeta va jurnallardagi ma- kolalar ham kimmatli material buladi. Suhbat ham, Hikoya ham o‘quvchilarning eshiga mos mavzularda, ular tushunadigan so‘zlar orkali o‘zbek tilida o‘tkazilishi kerak. Eng yaxshisi, Suhbat va Hikoya mavzusini o‘quvchilarning o‘zlari tanlasin, bunda Suhbatning zavki — shundan ta‘minla nadi, o‘quvchilar mavzuga befark karamaydilar.

Namuna. O‘quvchilar o‘z atroflaridagi kishilarda hamma yaxshi axlokiy sifatlarni ko‘rishlari va namuna olishlari nixoyatda muximdir.

O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniksa eshlarga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va xaetda o‘zini qanday to‘tishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini ko‘zatib yuradilar.

O‘quvchilar o‘zlariga yakin kishilarning xulq-atvoriga taklid kiladilar. Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi .sifatlarning, ba‘zan esa emok sifatlarning ham tarkib topishiga ta‘sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota-onalar har qanday xolatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qaerda bo‘lihmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turish va xatti-harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak.

Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan yorkin ma‘lumotlar, adabiy asarlardagi, kinofilmlardagi va spektakllardagi kaxramonlar xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga ko‘chli ta‘sir kiladi.

Maktablarda ishlab chiqarnsh ilg‘orlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. O‘quvchilar o‘z otalari va onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffakiyatlari bilak faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.

Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug kishilardan ibrat olishga da‘vat qilib kelganlar. Masalan: «Qush uyasida ko‘rganini kiladi». Juda oddiy jungina xulosa. Shu oddiy ibora ostida kanta fikrlar jamlanib etganligini hamisha ham faxmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq, uyingda tartibli bo‘l, aks xolda bolang ko‘chada tartibsiz buladi. Bola oldida birovlarning g‘iybatnni qilma, bolang g‘iybatchi buladi, demokchn.

Bunta uxshash fikrlarni ko‘plab keltirish mumkin.

2.Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usullari

Bola rivojlanishning, o‘zligini belgilashining asosiy omili — bu faoliyatdir. Faoliyat nuktai nazaridan yondashish qoidasi maktab hayotining hamma jabxalarida ta‘lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi.

Faoliyat o‘quvchnlarni bilimlarni mustakil egallashga undaydi, ularni kaysi ixtisosga moyilliklarini aniklashga, ijodiy faoliyat tajribasini, xnssiy kadriyat munosabatlarini o‘zlashtirishlariga yordam beradi.

O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab imkoniyat darajasidagi foydali mehnat bilak shugullanishlariga erishish lazim. Bunday mehnat ko‘pchilik, jamoa bulib bajarilganida yaxshi natija beradi.

Mashq va o‘rgatish usullari: Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofik ravishda va har tomonlama tashkil qilish, ularni axlok myozonlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin mustaxkamlanib boradi.

O‘qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini ko‘zatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular bilan muntazam mulokotlari tufayli taklid qilish, tarbiya orkali nosil kiladi. Oxir-okibatda odat extiyojga aylanadi.

Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar xosil kilinadi, o‘quvchining akliy kobiliyati rivojla- nadi, axlokiy tajribasi kengayadi. Odatsiz tarbiya — poydevorsiz binoga uxshaydi, odat esa muntazam mashk orkali mustaxkamlanadi.

O‘rgatish—ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil kilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.

O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yigindisidir. O‘qituvchi bu harakatlarni ko‘rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.

Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud: faoliyatda mashk qilish; ko‘n tartibi mashklari, maxsus mashklar.

Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat va o‘zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga karatilgandir. Ko‘n tartibi mashklari maktabda, oqlada o‘rnatiladigan ko‘n tartibiga amal qilish, shu bilan bogliq o‘z istak va harakatlarni boshkarish, ish va bush vaktdan to‘g‘ri foydalanish odatiga o‘rgatadi. Maxsus mashklar madaniy xulq, malaka va ko‘nikmalarni xosil kiladi va mustaxkamlaydi.

Topshiriq. O‘quvchilarning mehnat topshiriklarini jamoa bulib bajarishlari ularda ijtimoiy tajribalarini shakllantirishda aloxida ahamiyatga egadir. Mehnat qilish bolani harakterini shakllantiradi, mustaxkamlaydi.

Pedagogik talab. Pedagogik talab tarbiyaning eng muxim usullaridan biridir. Talab — bu o‘quvchining turli vazifalarni bajarishi; ijtimoiy xulq-atvor myozonlarini ifodalashi; u yoki bu faoliyatda katnashib bajarilishi zarur bulgan anik bir va- zifa sifatida namoyon bo‘lishi; turli ko‘rsatma sifatida namoen bo‘lishi, u yoki bu harakatda rag‘batlantiruvchi yoki uni tuxtatuvchi bo‘lishi; okilona harakatlarga undovchi bo‘lishi mumkin.

3.O‘z-o‘zini tarbiyalash usullari

O‘qu’vchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya‘ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga extiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb xisoblasa buladi. O‘quvchilarni, ayniqsa, urta va katta yoshdagilarni o‘z bilim va malakalarini mustakil oshi- rishlariga qo‘llash kerak.

O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilish organlari faoliyatida katnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavkeini shakllantirishning ta‘sirchan vositasidir. O‘quvchilar ukishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustakillikka undaydi.

Maktabda o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, ishi pedagogik jamoa bu ishga ma‘naviy tayyor bulsagina, o‘qituvchilar va o‘quvchilar urtasida o‘zaro chuko‘r xurmat, xayrixoxlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tashkil topishi mumkin. Barcha o‘zini o‘zi idora qilish tashkilotlari o‘z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida xisobot berib turishi, so‘z bilan ish birligi saklanishi, har kim huquqlari va vazifalarini bajarishda ijtimoiy rag‘batlantirilishi e’tiborda bo‘lishi kerak.

O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunta tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustakillik ko‘rsata boshlagan vaktda paydo buladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashda (axlokiy, jismoniy, missiy-irodaviy va intellektual) maslaxat va ko‘rsatmalar berilishi lozim. Bunda o‘quvchilarni o‘zlariga, xatti-harakatlariga tankidiy ruxda munosabatda bo‘lishga urgatish juda muximdir. O‘quvchilar muayyan vaktga belgilangan vazifalarni bajarish uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo‘yadilar.

Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o‘zlari va ota-onalari oldida olgan majburiyatlarini bajarilishi haqida xisobot beradilar. Bu esa ularning o‘z xatti-harakatlari uchun javob berishga, mas’uliyatlarini xis etishlariga yordam beradi.

O‘z-o‘zini tahlil qilish. O‘z shaxsini, fazilatlarini tahlil qilishga, xatti-harakatlari haqida uylashga urgatadi.

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va, aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda ko‘ndaligiga yozib boradi.

O‘z-o‘zini baxolash. O‘quvchining kobiliyatini o‘z ko‘chi bilak yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baxolash kiyin, lyokin o‘quvchini bunta etarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi prodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, taxsil va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar asos bo‘lishi, ya‘ni taxsil va tarbiyalanishni xoxlashi, o‘zini urtoklarining, yanin kishilarining ko‘zi bilak ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga in- tilishi lozim.

O‘z-o‘zini baxolash o‘quvchi uchun o‘zining imkoniyatlarini xisob-kitob qilish, baxolash, o‘ziga chetdan turib xolisona baxo berish, o‘zidan konikish xosil qilishda yordam beradi.

4.Rag‘batlantirish va jazolash usullari

O‘quvchi bolalarning har biri usib, ulgayib, kamol topib borayotganidan xursand bulayotganini syozishi kerak. Fakat shundagina bola o‘zining olma siljib borayotganini ko‘ra biladi, o‘z ko‘chiga ishonadi. Uni xurmat qilishadi, unga ishonishadi, unga chulok solishadi, u jamoaga kerak, u o‘qituvchisini kiziktiradi. Bunta erishish uchun rag‘batlantirish usulidan foydalanish lozim. Chunki rag‘batlantirish bolaga ishonishga, unda bulgar ijobiy kobiliyat va fazilatlarning ko‘chini e’tirof etishga asoslangan. Rag‘batlantirish o‘quvchining ko‘nglini ko‘taradi, unga ko‘vonch keltiradi, o‘quvchini yanada yaxshirok bo‘lihga intilishga yordam beradi. Maktablar tajribasida rag‘batlanti- rishning ko‘yidagi turlari ko‘llanadi:

  1. O‘quvchining ko‘chi etadigan, mas’uliyatli topshirik berish orkali bolaga ishonch bildirish; bunda o‘quvchi o‘z kadr-kimmati bilan faxrlanadi;
  2. Maktash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida);
  3. Esdalik sovgasi berish (kitob, ruchka, o‘quv asbobi va boshi alar);
  4. Maqtov yorligi berish;
  5. Stipendiya bilan takdirlash;
  6. Xurmat taxtasiga fotosuratini ko‘yish;
  7. Qo‘llab-ko‘vvatlash;
  8. Mas’uliyat va jamoaning minnatdorchiligi;
  9. Safda birinchi urinda turish;
  10. Musobakalarda bayron ko‘tarish;

11.Gazetada, radioda e’lon va x. k. Har qanday rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan xolda ko‘llanishi lozim. Ya‘ni, rag‘batlantirish haqiqiy xizmatga muvofik bo‘lishi, ketma-ket bulmasligi, xaddan oshirib maktash, boshka o‘quvchilarga taqqoslab ularni kamsitishga yul ko‘ymaslik, rag‘batlantirishga bulgan talabchanlikni bushashtirmaslik va xokazo.

Jazolash — bu tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baxo berishdir.

Jazo ham o‘quvchining va butun sinf manfaati uchun ko‘llanadigan oxirgi tarbiya usuli. Jazo choralarini ko‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash mumkin emas, bolani ko‘rkitish, gazablantirish ham yaxshi natija bermaydi, o‘quvchi ko‘rkkanidan yolgon gapirishga urganadi, ikkiyuzlamachi bulib koladi.

Maktablarda kallash mumkin bulgan jazo choralariga ko‘yidagilar kiradi:

Tanbex berish — eng engil jazo chorasidir. O‘qituvchi bolaga yuzma-yuz turib tanbex beradi, buni ko‘ndaligiga yozib ko‘yish mumkin.

Ogoxlantirish — noma‘ko‘l xatti-harakatlarning oldini olish uchun ko‘llaniladi.

Xayfsan berish — agar tanbex va ogoxlantirish ko‘tilgan  natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, o‘quvchining aybi kay darajada va uning intizomini qanday sharoitda buzganini e’tiborga olib unga xayfsan e’lon,qilish mumkin.

Uyaltirish. Odamning eng kozik syozgilaridan biri uyat, or-nomus, sharm-xayodir. Odatda, odamda izzat-nafs, odamiylik kancha ko‘chli bulsa, avvalo o‘zini xurmat kilsa, unda or-nomus,shunchalik ko‘chli buladi. Bolalarni tarbiyalashda shu xislarin extietkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin xadeb uyaltiraverish va kizartiraverish yaramaydi. Bundan okilona va o‘z urnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.

Jazo yaxshi o’ylab ko‘llanishi lozim, kizh ustida tinimsiz jazolash ham mumkin emas. Jazolar yakka harakterli ya‘ni bitta bulsin, o‘quvchilarning aybiga mos, muvofik bulsin, tez-tez ko‘llanilmasin, jazolanuvchi ongida jazoni xakkoniy ekanligi anik bulsin va ular o‘z ayblarini sezsinlar. Jamoada muhokama qilish va kollektiv tomondan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta‘sir kuchi yana oshadi. Barcha xollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruxiy azob-ukubatlarga solmasligi, uni taxkirlamasligi, sha‘nini buzmasligi kerak.

Xulosa qilib shuki aytish mumkinki, yukorida ta‘riflab  berilgan tarbiyaning umumiy usullari o‘quvchilarga pedagogik ta‘sir ko‘rsatish sohalarining hammasini qamrab olmaydi.

Pedagogika fanida amaliyoti har doim riaojlaiib boradi, shuning uchun tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.

Tarbiyaning muvaffakiyatli ko‘llanishiga, bu vosita mazkur sinf jamoasining tarbiya tizimidan kanchalik urin olganiga, ko‘llanilaetgan tarbiya vositalari va usullari ko‘yilgan tarbiya vazifalari va maqsadlariga kanchalik javob berishiga bog‘likdir.

 

 


Mavzu bo'yicha testga kirish
Keyingi mavzu: Rahbarning boshqaruv va shaxsiy samaradorligini rivojlantirish yoʻllari.