menejment.uz
Mavzu: kasbiy rivojlantirish kuni (KRK) va kasbiy rivojlanish soati (KRS) tadbirlarini samarali tashkil etish

Mavzu: Xodimlarni kasbiy rivojlantirish va uzluksiz malakasini oshirish

 

Modulli-jamgʻariladigan tizim pedagog xodimlarning individual ta’lim trayektoriyasini ifodalovchi uzluksiz kasbiy rivojlantirish muhitini yaratish, yuqori sifatli ta’lim xizmatlarini koʻrsatish, malaka oshirish uzluksizligini ta’minlash, ta’lim mazmunini, tashkiliy shakllarini va tinglovchilar bilan ishlash metodlarini zamonaviy ta’lim siyosatiga mos holda tezkor boshqarish kabi maqsadlarni ifodalaydi.

Shuningdek, mazkur tizim quyidagi afzalliklarga ega:

ta’limga doir tadbirlarni tizimlashtirish va barcha darajadagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish yoʻnalishlari uzviyligini ta’minlash, ta’lim muassasalari va oʻqituvchilarning individual ehtiyojini inobatga olgan holda ish joyiga yaqinlashtirilgan oʻqitish natijadorligi va samaradorligini oshirish;  

pedagogning kasbiy qiyinchiliklari va ehtiyojlarini aniqlashda ishtirok etishi va faoliyatining anglangan refleksiyasi sababli unda uzluksiz kasbiy rivojlanishga shaxsiy motivatsiyasining kuchayishi;

malaka oshirish faoliyatining loyihalanishi, metodik ta’minotning takomillashtirilishi va ilmiy-metodik kuzatuvning amalga oshirilishi;

ta’lim dasturlarining modulli xarakterga ega boʻlishi, ta’lim sifatiga qoʻyiladigan talablar va mazmunning yangilanish maqsadiga yoʻnaltirilgan innovatsion xarakterni ifodalashi;

pedagoglarga modulli-jamgʻarilish hisobiga oʻqish muddatlarini qisqartirish imkoniyatini berish (ishdan ajralmagan holda, masalan, ta’til davrida), kasbiy kompetentlikka erishish darajasini qayd qilish orqali uzluksiz malaka oshirish jarayonini shakllantirish;

jamgʻariladigan birliklar roʻyxatida individual ta’lim dasturida belgilangan modullardan tashqari ilmiy-amaliy konferensiyalarda, seminarlarda qatnashish, turli metodik tadbirlardagi ishtiroki, mahorat darslari oʻtish, nashr ishlari, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish kabi faoliyatli shakllarning ham nazarda tutilishi va b.

Malaka oshirish jarayonini modulli tuzish nazorat, oʻqitish texnologiyalari, oʻquv soatlari birliklaridagi mehnat sigʻimi kabi xarakteristikalarni oʻzida ifodalovchi alohida modullar orqali ta’lim jarayonini tashkil etish mazmuni va natijalarini strukturalashni nazarda tutadi.

Shuningdek, malaka oshirish ta’limi oʻquv jarayonining oʻziga xos xususiyatlari ta’lim dasturlarini blok-modulli tuzilishini taqozo qiladi. Malaka oshirish oʻquv rejasining blokmodulli tuzilishi jarayonning variativligi va individualligini ta’minlash bilan birga uni moslashuvchan holda tashkil etish imkonini beradi.

Malaka oshirish oʻquv rejalarini blokmodulli yondashuv nuqtayi nazaridan tayanch (invariant), variativ va qoʻshimcha faoliyat turlarini belgilovchi tarkibiy qismlarga boʻlamiz.

O‘quv rejasining tayanch (invariant) qismi barcha pedagoglar uchun oʻzlashtirish majburiy boʻlgan modullar blokini oʻz ichiga oladi. Mazkur modullar mazmuni jamiyatdagi oʻzgarishlar va tizimga qoʻyilayotgan vazifalar, ta’lim rivojlanishining zamonaviy muammolari, pedagogika va psixologiya nazariyasi, ta’lim tizimining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, ta’lim jarayoniga tatbiq etilayotgan yangi axborot va pedagogik texnologiyalar hamda jamiyatdagi ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar asosida shakllantiriladi. Shu oʻrinda, pedagog nafaqat ta’lim beruvchi, balki ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning faol ishtirokchisi va subyekti ekanligini ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz zarur.

O‘quv rejasining variativ qismi mazmunini shakllantirishda pedagoglarning kasbiy ehtiyojlari va qiyinchiliklari tashxisi natijalariga tayaniladi hamda ajratilgan sohalarning alohida xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Modullarni shakllantirishda ularni kasbiy ehtiyojlar va qiyinchiliklar sohalariga koʻra tizimlashtirish mavjud kasbiy ehtiyojlarni bartaraf etishda zaruriy kasbiy kompetensiyalar mazmunini aniqlashtirish, shu asosda tegishli ehtiyojlar va qiyinchiliklarni bartaraf qilish, aniq manzilli va variativ dasturlar tuzish, pedagogning malaka oshirish yoʻl xaritasini belgilash, shuningdek, ularning samaradorligini baholash va refleksivligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Variativ qismni umumpedagogik, ilmiy-nazariy, metodik, pedagogik-psixologik, kommunikativ ehtiyojlar va shaxsiy kasbiy qiziqishlarni nazarda tutuvchi tarkibiy bloklar tashkil etildi.

Shuningdek, malaka oshirish ta’limi maqsadlariga erishishga nisbatan oʻquv rejasida uning mazmunini toʻldiruvchi, zaruriy kompetensiyalarini, bilim, koʻnikma va malakalarini rivojlantiruvchi, sifatini nazorat qilish kabi faoliyat turlari ham belgilanadi.

Modulli-jamgʻariladigan malaka oshirish tizimida ta’lim jarayoni an’anaviy yoki masofaviy kurslarda, ustoz-shogird, stajirovka, metodik tizimdagi tadbirlar (masalan, mobil-metodik guruhlar, mahorat maktabi, seminar va b.) va qisqa muddatli kurslar shaklida oʻtkazilishi mumkin.

Modulli-jamgʻariladigan malaka oshirish ta’lim jarayonini individuallashtirish va differensiallashtirishga imkon beruvchi hamda kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish mexanizmlaridan biri boʻlishi mumkin.

Shu nuqtayi nazardan, pedagog xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish modulli-jamgʻariladigan modeli tinglovchilar tomonidan tanlanadigan invariant va variativ oʻquv modullarini individual ta’lim trayektoriyasida belgilangan muayyan muddatlar va shakllarda oʻzlashtirishi natijalarining yigʻindisini tashkil qiladi.

Modullar malaka oshirish ta’lim dasturining tarkibiy qismi boʻlib, har qanday kasbiy kompetentlikka ega boʻlgan tinglovchilar uchun tegishlisini tanlay olishiga sharoit yaratishi zarur. Har bir modul oʻzini soatlarda qayd qilingan mehnat sigʻimini ifodalaydi. Shunga koʻra, modullar mazmuni 2-36 yoki undan koʻp soatga moʻljallanishi mumkin. Har bir modul tuzilmaviy birlikni ifodalaganligi sababli, unda ta’lim jarayonini tashkiliy shakllari, oʻqitish maqsadlari, mazmuni, shakli, metod va texnologiyalari, nazorat va baholash mezonlari koʻrsatiladi.

Modulli tuzilish oʻquv jarayonini tinglovchilarning individual xususiyatlari va imkoniyatlari, bilish mustaqilligi va refleksiyasini rivojlantirishga yoʻnaltirib tashkil qilishga ko‘maklashadi. Dasturlarni oʻzlashtirish tinglovchilarning har bir modulni oʻzlashtirganligini koʻrsatuvchi birliklarda (kredit) ifodalanadi.

Birliklar orqali oʻzlashtirish miqdori, ya’ni turli modullarning vaqt va salohiyat sigʻimlari belgilanadi. Shunday ekan, birliklar har bir modulning malaka oshirish sikli oxirida rejalashtirilgan natijalaridagi hissasini aniq koʻrsatadi.

Dolzarb vazifa sifatida, tizimga mas’ul tuzilmalar modulli-jamgʻariladigan malaka oshirish samaradorligini oshirish, hammabop va qulayligini ta’minlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratishlari zarur boʻladi:

malaka oshirish jarayonini modulli tashkil etish texnologiyalari va me’yoriy bazasini takomillashtirish; modulli-jamgʻariladigan malaka oshirishga sharoit yaratuvchi modullar yoki kurslar bankini yaratish, bunda davlat va jamiyat buyurtmasi hamda tinglovchilarning ehtiyojlari aksini topishiga ustuvor munosabatda boʻlish;

oʻquv modullarini ishlab chiqish innovatsion texnologiyalarini yaratish va mavjudlarini takomillashtirish pedagoglar bilan individual ishlash metodikalarini hamda ularning refleksiv koʻnikmalarini rivojlantirish;

onlayn va masofadan malaka oshirish tizimi imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda jarayonni tarmoq orqali tashkil qilish chegaralarini kengaytirish;

pedagoglarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan oʻqitishdan ta’lim natijalariga e’tibor qaratishga oʻtish (hosil qilingan kompetensiyalar) va b.

 XULOSA. Shunday qilib, modulli-jamgʻariladigan malaka oshirish tizimi tinglovchilarning kasbiy rivojlanishiga doir mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish imkonini berishi bilan birgalikda joriy holatdagi malaka oshirish oʻquv jarayoni elementlarini qaytadan koʻrib chiqishni taqozo qiladi.

Modulli-jamgʻariladigan tizim vositasida pedagogning individual ta’lim trayektoriyasini amalga oshirishga sharoit tugʻdirish orqali uzluksiz kasbiy rivojlantirishni individuallashtirishga mumkin qadar koʻproq erishiladi hamda tizimga innovatsion ta’lim texnologiyalarini tatbiq qilishga undovchi omilga ega boʻlinadi. Shuningdek, rejalashtirilgan modullarni ma’lum vaqt oraligʻida va ketma-ketlikda doimiy oʻzlashtirilishi natijasida pedagoglar malakasini oshirishning uzluksizligi ta’minlanadi.

Modulli-jamgʻariladigan malka oshirish mantiqiy tuzilmasiga koʻra, tinglovchida kasbiy rivojlanish maqsadlarini mustaqil qoʻyishga sharoit yaratilishi va natijalariga koʻra mas’uliyatini his qilishi ularda doimiy oʻzinioʻzi rivojlantirishga ragʻbatni kuchaytiradi va motivatsiyasini oshirishga xizmat qiladi.

 

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining tuzilmasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oldingi tahrirga qarang.

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining tuzilmasi (Xalq ta’limi vazirligi, Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi, xalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari);

(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga tinglovchining alohida o‘quv modullari bo‘yicha o‘qishi va ballarda ifodalanadigan o‘zlashtirishini o‘z ichiga olgan ta’limning kredit-modul tizimini joriy qilish tartibi;

xalq ta’limi xodimlarining shaxsiy kasbiy salohiyatining individual va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda hayot davomida o‘sishi jarayonini qamrab olgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirish mexanizmi;

uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida tinglovchilarning an’anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa turlarini joriy etish tartibi;

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi bitiruvchisining qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz kasbiy ta’limning sifatini baholash va nazorat qilish tartibi;

xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlari reyestrini yuritish tartibi.

  1. Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri B.O. Saidov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2022-yil 17-yanvar,

25-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga
1-ILOVA

Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlar (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi xodimlari/xodimlar)ni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
  2. Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish ulardagi kasb mahorati va malaka saviyasining doimiy o‘sishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy talablarga muvofiq qayta tayyorlash va muntazam ravishda malaka oshirib borishning samarali mexanizmlarini joriy etish asosida mazkur xodimlarning yuqori saviyadagi uzluksiz kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga yo‘naltirilgan.
  3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

buyurtmachi — Xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, tizimida umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, nodavlat umumta’lim tashkilotlari;

Oldingi tahrirga qarang.

ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti — A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari, malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari;

(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

kredit — tinglovchining alohida o‘quv moduli bo‘yicha o‘qishi va o‘zlashtirishi uchun sarflanadigan va ballarda ifodalanadigan, muayyan o‘quv moduli bo‘yicha belgilangan topshiriqlarni bajarib, tegishli nazorat shaklidan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladigan o‘quv yuklamasi;

malaka talablari — kasbiy rivojlanish kursi (o‘quv moduli) bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar;

mutaxassislar — xalq ta’limi tashkilotlarida metodist, defektolog, logoped, psixolog, kutubxonachi va mutaxassis lavozimlarida faoliyat ko‘rsatuvchi shaxslar;

pedagog xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi o‘qituvchi va tarbiyachilar;

rahbar xodimlar — xalq ta’limi tashkilotlari va ularning tarkibiy bo‘linmalarida boshqaruv funksiyalari va vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, xalq ta’limi tizimidagi hududiy boshqaruv organlari mutaxassislari;

tinglovchi — ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotiga qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursiga qabul qilingan xalq ta’limi xodimi;

xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish (keyingi o‘rinlarda — uzluksiz kasbiy rivojlantirish) — shaxs kasbiy salohiyatining individual va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda hayot davomida o‘sishi jarayoni;

qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi — qayta tayyorlash (malaka oshirish)ning tasdiqlangan o‘quv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar tizimi;

o‘quv moduli — nisbatan mustaqil, mazmunan yaxlit o‘quv kursi yoki ta’lim texnologiyasining minimal hajmdagi tarkibiy birligi;

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda — elektron platforma) — o‘quv modullari kontentlarini yaratish, saqlash va ularni ta’lim oluvchilarga taqdim etish, shuningdek, ta’lim oluvchilarni ro‘yxatga olish va ularga o‘quv modullarini onlayn tarzda o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi maxsus elektron dasturiy tizim;

Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) — xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan elektron axborot tizimi.

2-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi va asosiy vazifalari

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.
  2. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning asosiy vazifalari:

xodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish;

mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini singdirish va xodimlarning qobiliyatini rivojlantirish hamda yangi bilimlar berish orqali o‘z ustida mustaqil ishlash va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi asosida kompetentlik darajasini oshirish va kasbiy mahoratini takomillashtirish;

ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;

umumiy o‘rta ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida xodimlarning kasbiy rivojlanishini, tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini rag‘batlantirish.

3-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining tuzilmasi

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimiga quyidagilar kiradi:

Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik);

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy xalq ta’limi boshqarmalari);

tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari;

umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari;

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut);

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari (keyingi o‘rinlarda — pedagogika markazlari).

(6-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari;

malaka oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari.

  1. Vazirlik:

xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish tizimi maqsad va vazifalarini amalga oshirishni ta’minlaydi;

xalq ta’limi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish tartibini belgilaydi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini Davlat budjetidan moliyalashtirish choralarini ko‘radi;

navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishning reja ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Oldingi tahrirga qarang.

tizimdagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Institut va pedagogika markazlari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;

(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining davlat ta’lim talablarini, malaka oshirish kurslarining malaka talablarini, o‘quv rejasi va dasturlarini tasdiqlaydi;

tizimdagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirish muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi;

tizimdagi qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiruvchi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish mexanizmlarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’limi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini (keyingi o‘rinlarda — davlat ta’lim talablari), qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasb tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablarini, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi samaradorligini aniqlaydigan dinamik ko‘rsatkichlarni belgilaydi.

  1. Kasbiy malaka va bilimlar bo‘yicha tarmoq kengashi:

mehnat bozori monitoringi asosida xalq ta’limi xodimlarining bilim va malakalarga bo‘lgan ehtiyojlari va tendensiyalarni aniqlaydi;

kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi.

  1. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari (buyurtmachi):

tizimdagi ta’lim muassasalari xodimlarining malaka oshirishga o‘z vaqtida va to‘la jalb qilinishini ta’minlaydi;

tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan navbatdagi kalendar yilda xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni malaka oshirish yo‘nalishlari va tashkilotlari bo‘yicha guruhlarga ajratgan holda umumlashtiradi;

xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha umumlashtirilgan buyurtmalarni Vazirlikka taqdim etadi, shuningdek, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining elektron platforma bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtiradi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv rejasi, dasturi, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlash, o‘quv kurslarining davomiyligi hamda ularni tashkil etish shakllari bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritadi;

muayyan mutaxassislikka talab ortishi munosabati bilan ayrim pedagoglarning qayta ixtisoslashuvi yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritadi.

  1. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari:

xodimlarning malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rganadi;

navbatdagi kalendar yilda hududdagi xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar va ta’lim muassasalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantiradi va hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etadi;

hududdagi ta’lim muassasalari xodimlarining malaka oshirishga o‘z vaqtida va to‘la jalb qilinishini ta’minlaydi;

xodimlarning malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini o‘rgangan holda elektron platforma orqali ularning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzadi;

har bir xodimning uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha faoliyati natijalarini tasdiqlovchi ma’lumotlar (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganliklari haqidagi hujjatlar, muqobil malaka oshirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar) aks etgan elektron shakldagi hujjatlar majmuasi — elektron portfoliosini shakllantiradi va unga xodimning individual trayektoriyasi, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;

xodimlarning tuman (shahar) miqyosidagi, shuningdek, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi uzluksiz malaka oshirish tadbirlarini tashkil qiladi;

xodimlarning ishdan ajralmagan shakldagi malaka oshirish jarayonlari monitoringini olib boradi.

  1. Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari:

pedagog kadrlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish asosida ularning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlaydi;

pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlari asosida ularga kasbiy rivojlanishning turli shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratadi;

pedagog kadrlarni kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari va malaka oshirish tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtiradi;

pedagog kadrning qachon, qayerda va qaysi yo‘nalishda malaka oshirishi, kasbiy rivojlanishga bo‘lgan ehtiyoji haqidagi ma’lumotlarni tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga taqdim etadi;

ta’lim muassasasida uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha turli tadbirlarni amalga oshiradi;

pedagog kadrning uzluksiz kasbiy rivojlanish natijalarini tahlil qiladi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Institut pedagogika markazlari uchun bosh ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda ularning o‘quv, metodik va ilmiy faoliyatiga rahbarlik qiladi.

(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

Institut:

xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlaydi, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazadi, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etadi;

umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshiradi, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etadi;

doktorantura yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlaydi, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirib boradi, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlaydi, rahbar kadrlar va metodistlarning malakasini oshiradi;

umumiy o‘rta ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganadi va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantiradi;

umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etadi;

kelajak maktabi, uning rahbari va o‘qituvchisining modelini yaratish asosida xalq ta’limi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqadi va doimiy tarzda rivojlantirib boradi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining ta’lim jarayoni bilan aloqalarini mustahkamlaydi;

xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun namunaviy o‘quv rejasi, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish, shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borishga ko‘maklashadi;

“Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformani yuritishni tashkil qiladi, malaka oshirish tashkilotlari bilan birgalikda qayta tayyorlash hamda malaka oshirish kurslari o‘quv modullari kontenti markazlashtirilgan tarzda ishlab chiqilishi va platformaga kiritilishini ta’minlaydi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Pedagogika markazlari:

(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

tegishli hududlardagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan o‘quv muassasasi hisoblanib, shu yo‘nalishdagi o‘quv, ilmiy hamda tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshiradi;

pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlarini muntazam ravishda o‘rganish hamda targ‘ib qilishni, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;

pedagog va mutaxassis xodimlarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;

hududdagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha buyurtmalar asosida navbatdagi kalendar yil uchun tegishli (kurslar, o‘quvlar, seminarlar, konferensiyalar va boshqa) tadbirlar rejasini shakllantiradi;

pedagog va mutaxassis xodimlarni hamkorlikda o‘qitish uchun oliy va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari bilan shartnomalar tuzadi;

o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv rejasini hamda ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;

hududdagi ehtiyojdan kelib chiqqan holda alohida kurslarni tashkil etish uchun, belgilangan tartibda tasdiqlatish sharti bilan, o‘quv rejasi va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;

xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha tashkil qilingan tadbirlar natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;

hududiy markazda, oliy ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim tashkilotlarida tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va Institutga taqdim etadi.

  1. Pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari:

tegishli hududlardagi umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagog va mutaxassis xodimlari malakasini oshirish ishlarini tashkil qiladi;

pedagogika, psixologiya, o‘quv fanlari va ularni o‘qitish metodikasining mamlakatimizdagi va jahondagi eng yangi yutuqlari, shuningdek, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning pedagoglar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishini ta’minlaydi;

pedagog va mutaxassis xodimlarning o‘z kasbiy malakalarini takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish maqsadida malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etadi;

hududdagi ta’lim muassasalari pedagog xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha buyurtmalar asosida malaka oshirish kurslarini shakllantiradi;

o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv rejasini hamda ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi;

xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish natijalari elektron platformaga kiritilishini ta’minlaydi;

tashkil qilingan guruhlar haqida har oylik hisobotlarni shakllantiradi va tegishli hududiy markazga topshiradi.

4-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining tinglovchilari

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarining tinglovchilari ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotidagi o‘quv-laboratoriya, axborot-resurs markazlari, sog‘lomlashtirish va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalaridan foydalanish huquqiga ega.
  2. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchisi quyidagi sabablarga ko‘ra tinglovchilar safidan chetlashtiriladi:

o‘quv intizomini va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

qayta tayyorlash kursidagi dars mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 36 soat, malaka oshirish kurslarida — 6 soat dars qoldirgani uchun;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

tinglovchiga nisbatan sudning hukmi asosida;

qayta tayyorlashda shartnoma asosida o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi uchun;

vafot etganligi sababli.

  1. Tinglovchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursidan chetlatish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida unga chetlatish sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqida uni malaka oshirishga yuborgan buyurtmachiga tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan ma’lum qilinadi.
  2. Malaka oshirish kursidan chetlatilgan tinglovchi buyurtmachi tomonidan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi tartibida bir oydan so‘ng qayta malaka oshirishga yuboriladi.
  3. Xodim asosiy ish joyi bo‘yicha belgilangan muddatda (joriy yil davomida) malaka oshirish kurslaridan uzrli sabablarsiz o‘tmagan taqdirda, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amal qilish muddatidan qat’i nazar, belgilangan tartibda ikki oy mobaynida bekor qilinadi. Mazkur xodimning ta’lim muassasasida o‘z lavozimidagi faoliyatini davom ettirishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti bilan bevosita tuzilgan shartnoma asosida o‘z malakasini oshirgan bo‘lishi talab qilinadi.

5-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish shakllari

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi:

ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish;

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish;

masofaviy ta’lim;

dual ta’lim;

mustaqil ta’lim;

malaka oshirishning muqobil shakllari.

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o‘quv jarayoni ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mashg‘ulotlar jadvali asosida olib boriladi. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
  2. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari:

ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashg‘ulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi;

tasdiqlangan o‘quv rejalari hamda dasturlariga mos ravishda tuzilgan va bir nechta o‘quv fani modullarini o‘z tarkibiga olgan ishchi o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.

1-§. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish

  1. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi) — xodimlarning o‘z ish joylaridan to‘la ajralgan tarzda ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida o‘qishini nazarda tutadi.

Ta’lim olishning mazkur shakli ko‘chma (xodimlarning yashash hududida) va stajirovka tarzida ham tashkil etilishi mumkin.

  1. Ko‘chma shaklda ta’lim olish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan tinglovchilarning yashash hududida tashkil etiladigan o‘quv mashg‘ulotlari hisoblanadi.
  2. Stajirovka (tajriba orttirish) shaklida ta’lim olish ta’lim tashkilotlarida (oliy ta’lim tashkiloti, malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim muassasasi, ilmiy-tadqiqot instituti va boshqalar) yoki ta’limni boshqaruv organlarida (vazirlik, davlat tashkilotlari yoki vazirlik tizimidagi boshqa tashkilotlarda) xizmat safariga yuborish tarzida amalga oshiriladi.

Xodimlarning xorijda tajriba orttirishi xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek, xorijiy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

  1. Stajirovka yakunida xodimlarga stajirovka muddati ko‘rsatilgan holda ularning stajirovkadan o‘tganligi to‘g‘risida tajriba orttirilgan tashkilot tomonidan ma’lumotnoma beriladi.

Ma’lumotnoma elektron tarzda ham taqdim etilishi mumkin.

  1. Xodimning stajirovkasi tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari asosida tuzilgan individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi asosida tashkil etilgan bo‘lsa, xodimga belgilangan hajmdagi kredit ballari berilishi mumkin.

2-§. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish

  1. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish xodimlarning o‘z mehnat faoliyatidan bo‘sh vaqtida (o‘quvchilarning ta’tili, o‘qituvchilarning metodika kunlari yoki boshqa hollarda) ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida, shuningdek, xodimlarning bevosita ish joyida amalga oshiriladi.

Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish masofaviy shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.

3-§. Masofaviy ta’lim

  1. Masofaviy ta’lim o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishni nazarda tutadi.

Masofadan o‘qitish shakli bo‘yicha malaka oshirishda dars mashg‘ulotlari professor-o‘qituvchining tinglovchilar bilan internet jahon axborot tarmog‘i orqali interaktiv dasturiy tizimlardan foydalangan holda (real vaqt rejimida) jonli muloqot tarzida amalga oshiriladi.

Mashg‘ulotlarning bir qismi tinglovchilar bilan kontakt-sessiyalar (auditoriyadagi yuzma-yuz muloqot) tarzida amalga oshirilishi mumkin.

  1. Masofadan o‘qitish shakli bo‘yicha o‘qitish jarayonida tinglovchilar faoliyati nazorati, ta’lim jarayonini muvofiqlashtirish va boshqarish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Masofadan turib amalga oshiriladigan o‘quv kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan hajmdagi kredit ballari beriladi.

4-§. Dual ta’lim

  1. Dual ta’lim o‘quv kursining nazariy qismini tinglovchi tomonidan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida, amaliy qismini esa ish joyida amalga oshirishni nazarda tutadi.

Dual ta’lim shaklida amalga oshiriladigan o‘quv kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga belgilangan hajmdagi kredit ballari beriladi.

5-§. Mustaqil ta’lim

  1. Mustaqil ta’lim xodimlar tomonidan o‘z lavozimi va mutaxassisligi bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarni ta’lim oluvchi tomonidan tuzilgan uzluksiz kasbiy ta’lim trayektoriyasi asosida mustaqil o‘zlashtirishni nazarda tutadi.
  2. Xodimning kasbiy ehtiyojlariga ko‘ra mustaqil malaka oshirishi elektron platforma orqali amalga oshiriladi.

Xodimning kasbiy layoqati va salohiyati davlat ta’lim talablari, malaka talablari va kasbiy standartlar asosida tayyorlangan nazorat materiallaridan foydalangan holda elektron platforma orqali diagnostika qilinadi.

Diagnostika natijalariga ko‘ra aniqlangan kasbiy ehtiyojlar asosida xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi.

Xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasiga mos ravishda xodim tomonidan o‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan o‘quv modullari majmuasi aniqlanadi va xodim mazkur majmuaga kiritilgan o‘quv modullarini mustaqil o‘zlashtiradi.

  1. Mustaqil ta’limda kursning davomiyligi akademik soatlarda belgilanadi, kursning amaldagi davomiyligi tinglovchining o‘quv modullarini o‘zlashtirishiga bog‘liq bo‘ladi.
  2. Elektron platforma har bir o‘quv moduli ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishini nazorat qiladi, baholaydi va o‘zlashtirilgan modullar bo‘yicha kredit ballarni jamlab boradi.

6-§. Malaka oshirishning muqobil shakllari

  1. Xodimlar malakasini oshirishning muqobil (ta’lim dasturlarisiz malaka orttirish) shakllari quyidagilardan iborat:

darslikka mualliflik qilish;

doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish;

xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish;

ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda maqola nashr etish.

Ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan boshqa faoliyatlar.

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish shakllarining ro‘yxati ularga beriladigan kredit ballari ko‘rsatilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
  2. Muqobil malaka oshirish shakllarida shug‘ullanish natijalari (kredit ballari) uzluksiz kasbiy ta’limning natijalarini umumlashtirishda hisobga olinadi.

6-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish turlari

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.

Xodimlarni qayta tayyorlashning maqsadi — mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli, lekin tegishli pedagogik yoki kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlarning qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mavjud davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida shakllantirishdan iborat.

Xodimlar malakasini oshirishning maqsadi — xodimlarning malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.

1-§. Xodimlarni qayta tayyorlash

  1. Xodimlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
  2. Qayta tayyorlashning asosiy turlari:

pedagogik qayta tayyorlash;

kasbiy qayta tayyorlash.

  1. Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish.
  2. Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.

Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan boshqa soha mutaxassislariga pedagogik faoliyat olib borishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tishi talab qilinadi.

  1. Rahbar xodimlarni qayta tayyorlash Vazirlik yoki xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari buyurtmalariga binoan amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasalarining rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olingan yoki rahbarlikka yangi tayinlangan xodimlar qayta tayyorlov kurslariga jalb etiladilar.

  1. Pedagog hamda mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash, o‘quv rejalariga yangi o‘quv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, buyurtmachilar yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagog hamda mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan ehtiyojlarga ko‘ra tashkil etiladi.

Vaqtincha ishlamaydigan pedagoglar ham o‘z xohishiga ko‘ra qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi mumkin.

  1. Pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash ularning ehtiyojlari va murojaatlariga binoan to‘lov shartnomalari asosida tashkil etiladi. To‘lovlar qayta tayyorlash kursi tinglovchisi yoki homiy (yuridik yoki jismoniy shaxslar)lar tomonidan shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlar va miqdorlarda amalga oshiriladi.
  2. Qayta tayyorlash buyurtmachining yakka tartibdagi topshirig‘i yoki aniq yo‘naltirilgan dasturi asosida, davlat ta’lim talablari, shuningdek ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy ta’limni olish sifatida qaralmaydi, qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borish huquqini beradi.

  1. Xodimlarni qayta tayyorlash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi.
  2. Qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u kamida 576 soatni tashkil qiladi. Auditoriya mashg‘ulotlari haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
  3. Qayta tayyorlash kurslari ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Bunda, kurslarning kamida bir oyi, ya’ni 144 soati bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida o‘tkazilishi shart.

  1. Qayta tayyorlash kurslarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:

buyurtmachilar ehtiyoji va yakka shaxslarning murojaatlariga ko‘ra qayta tayyorlash kurslariga buyurtmalarni shakllantiradi;

qayta tayyorlash kurslarida o‘qish istagini bildirgan talabgor-tinglovchilarga doir hujjatlarni (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi oliy ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, qayta tayyorlash yo‘nalishiga mosligi) to‘liq o‘rganadi va tegishli xulosani tayyorlaydi;

qayta tayyorlash kurslari uchun tayanch o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida o‘quv-metodik materiallar (ishchi o‘quv rejasi, ishchi dasturlar, o‘quv-metodik majmualar)ni tayyorlaydi.

  1. Qayta tayyorlash kurslari yetarli ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik bazaga ega ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari qayta tayyorlash kurslari belgilangan talablar va tartibga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.

  1. Qayta tayyorlash jarayonida guruhdagi kurs tinglovchilarining soni 25 nafardan oshmasligi lozim.
  2. Qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni tayanch o‘quv rejalariga mos ravishda tuzilgan va har biri bir nechta o‘quv fani modullarini o‘z tarkibiga olgan bloklardan iborat ishchi o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
  3. Qayta tayyorlash kurslaridan o‘tuvchi xodimlar ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
  4. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha nazorat turlarida (oraliq, yakuniy va boshqalar) ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy nazoratga qo‘yiladi.
  5. Oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga 1 oy muddat davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Belgilangan muddatlarda oraliq nazoratni qayta topshira olmagan tinglovchi tinglovchilar safidan chiqariladi.
  6. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.

Yakuniy attestatsiya yakuniy nazorat sinovlari va bitiruv ishini himoya qilish orqali o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga bitiruv ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.

  1. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (diplom) beriladi.
  2. Yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili, xizmat safarida bo‘lish va boshqalar) qatnasha olmagan tinglovchilarga bir yil davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Agar navbatdagi kurslar bir yil mobaynida tashkil etilmasa, alohida yakuniy attestatsiya komissiyasi tuzilishi mumkin.
  3. Yakuniy attestatsiya sinovlarini qayta topshirish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda, tinglovchiga kursni tugatganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi va bir yil davomida to‘lov-shartnoma asosida qayta topshirishga ruxsat beriladi.

2-§. Xodimlarning malakasini oshirish

  1. Xodimlarning malakasini oshirish xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari yoki bevosita Vazirlikning buyurtmalariga binoan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Malaka oshirish ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan tabaqalashtirilgan ishchi o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
  3. Xodim uning mehnat ta’tili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirishga jalb qilinmaydi.
  4. Xodimlarning har yili belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi va belgilangan hajmdagi kredit ballarini yig‘ishlari majburiy hisoblanadi.
  5. Xodimlar malakasini oshirishning har yilgi umumiy davomiyligi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlari uchun kamida 30 soat, pedagog xodimlar uchun kamida 36 soat etib belgilanadi.
  6. Reyestr orqali har yili 5-oktabrda navbatdagi kalendar yilda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari haqidagi ma’lumotlar kurslarni tashkil qiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha barcha xodimlar e’tiboriga havola qilinadi.
  7. Xalq ta’limi tashkilotining har bir xodimi, joriy yilning 6-oktabridan 15-oktabriga qadar, o‘z ehtiyoji va ixtiyoridan kelib chiqib, navbatdagi kalendar yilda malaka oshiradigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotini tanlaydi.

Unga ko‘ra, reyestrda xodim faoliyat ko‘rsatadigan ta’lim muassasasining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmasi shakllanadi. Bunda, xalq ta’limi tashkiloti rahbari har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini shaxsan ta’minlaydi va nazorat qiladi.

  1. Reyestrda shakllangan buyurtmada xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, ish joyi, lavozimi, dars beradigan fani, tanlagan malaka oshirish kursi va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti ko‘rsatiladi.
  2. Joriy yilning 25-oktabrigacha tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan tizimdagi barcha ta’lim muassasalari xodimlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan buyurtmalari ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida tegishli hududiy xalq ta’limi boshqarmasiga taqdim etiladi.

Bunda, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati tizimdagi barcha xalq ta’limi muassasalari hamda xalq ta’limi bo‘limida asosiy shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning malaka oshirish bo‘yicha tegishli buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.

  1. Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining navbatdagi kalendar yil uchun malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari buyurtma ko‘rinishida ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari hamda elektron platforma bo‘yicha umumlashtiriladi va raqamli reja shaklida joriy yilning 5-noyabriga qadar Institutga taqdim etiladi.

Hududiy xalq ta’limi boshqarmalari rahbariyati o‘z hududlaridagi barcha xalq ta’limi muassasalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va hududiy xalq ta’limi boshqaruv organida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodimning mazkur buyurtmaga kiritilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi.

  1. Institut tomonidan mazkur buyurtmalar asosida xalq ta’limi xodimlarining hududlar, ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari va elektron platforma bo‘yicha taqsimoti (keyingi o‘rinlarda — taqsimot) shakllantiriladi va 15-noyabrga qadar Vazirlikka tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

Mazkur taqsimot Vazirlik tomonidan 5-dekabrga qadar tasdiqlanadi va Institut tomonidan Reyestrga joylashtiriladi.

  1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari taqsimot asosida malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha o‘zlarining rejalarini ishlab chiqadi va buyurtmachilarga yetkazilishini ta’minlaydi.
  2. Buyurtmachilar (hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va ta’lim muassasalari) Reyestrdagi taqsimot va ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo‘yicha rejalariga binoan tizimlaridagi ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarining tegishliligi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga o‘qishga belgilangan muddatda yetib borishlarini ta’minlaydi.
  3. Malaka oshirishga yuborilgan xodim ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi. Tinglovchilar guruhini shakllantirish, kursning o‘quv rejasi va dasturlarini ishlab chiqishda xodimlarning bazaviy ma’lumoti, mutaxassisligi, toifasi va egallab turgan lavozimlari, shuningdek, kasbiy ehtiyojlari hisobga olinadi.
  4. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayonlari kurslarga jalb etilgan xodimlar 25 nafar tinglovchidan iborat o‘quv guruhlariga bo‘lingan holda tashkil etiladi.

Tinglovchilar kontingentini bir guruh me’yorida shakllantirib bo‘lmaydigan alohida yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etishda, istisno tariqasida, Vazirlikning ruxsati bilan bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 15 nafar etib belgilanishi mumkin.

  1. Malaka oshirish kurslarini tashkil qilish, ularni talab darajasida o‘tkazish, ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda tinglovchilarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratish (ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida tinglovchilar turar joyi mavjud bo‘lsa) mas’uliyati tegishli ta’lim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklatiladi.
  2. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi.
  3. Nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga kurs davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi.
  4. Malaka oshirish kursi dasturini to‘liq o‘zlashtirgan tinglovchilarga kursni tashkil qilgan ta’lim muassasasi tomonidan davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrixkod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) beriladi.
  5. Har bir xodim haqidagi malaka oshirish kursi boshlangan kun, tugallangan kun, to‘plangan kreditlar va kursni tamomlaganlik haqidagi hujjat (sertifikat) bo‘yicha ma’lumotlar ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan elektron platformaga kiritiladi.

Mazkur ma’lumotlar o‘z vaqtida, aniq va to‘liq kiritilishi uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari shaxsan mas’ul hisoblanadi.

7-bob. Elektron platforma orqali malaka oshirish

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni ta’minlash uchun elektron platformadan foydalanilishi mumkin.
  2. Elektron platforma barcha xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga doir ma’lumotlar o‘zida jamlab borilishini ta’minlaydi.
  3. Elektron platformaning tuzilishi, elektron platformaga xalq ta’limi xodimlari haqidagi ma’lumotlarni kiritish, qayta ishlash va foydalanish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.

Elektron platformada xalq ta’limi xodimlarining elektron portfoliosi shakllantiriladi.

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi o‘quv modullarini mustaqil o‘zlashtirish bo‘yicha interaktiv o‘quv majmualari ham elektron platformaga joylashtiriladi.
  2. Ta’lim oluvchi xodim uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv modulini o‘qib o‘zlashtiradi, o‘quv moduli bo‘yicha nazorat ishlarini bajaradi va elektron platforma tomonidan baholanadi (kredit ballari qo‘yiladi).
  3. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari o‘quv rejasi va dasturlari tarkibiga kiruvchi har bir o‘quv modulini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan va nazorat topshiriqlarini bajargan xodimning barcha kredit ballari jamlanadi hamda unga kursni muvaffaqiyatli tugatganligi haqida davlat namunasidagi elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrix kod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) shakllantiriladi.
  4. Har bir o‘quv moduli yoki kursni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlik haqidagi ma’lumotlar xodimlarning elektron portfoliosida aks ettiriladi.

8-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish natijalarini jamlash va baholash

  1. Har bir xalq ta’limi xodimining uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida to‘plagan kredit ballari elektron platforma tomonidan qo‘shib chiqiladi va natijasi uning shaxsiy kabinetida aks ettiriladi, shuningdek, buyurtmachi — xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari e’tiboriga havola qilinadi.
  2. Belgilangan me’yordan kam bo‘lmagan kredit ballari to‘plagan xodimlarga joriy yil uchun uzluksiz kasbiy rivojlantirishni muvaffaqiyatli amalga oshirgani to‘g‘risida sertifikat shakllantiriladi va xodimning shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi.
  3. Har oyning 1-kunida xalq ta’limi xodimining uzluksiz kasbiy rivojlanishi holati elektron platforma tomonidan monitoring qilinadi va natijalari hududlar, tuman (shahar)lar hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari bo‘yicha shakllantiriladi.
  4. Monitoring natijalari uzluksiz kasbiy rivojlantirishni boshqarish va mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
  5. Monitoring natijasida o‘tgan oyda malaka oshirish kurslarini tugatgan har bir xodim haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod, shtrix kod) bilan tasdiqlanadigan ro‘yxat shakllantiriladi.

Mazkur ro‘yxat xalq ta’limi xodimining uzluksiz kasbiy rivojlanishi holati haqida ma’lumot beruvchi asosiy manba hisoblanadi.

9-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish sifatini baholash va nazorat qilish

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlanishi sifati ular tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi, ulardagi bilim va amaliy mahoratning mazkur xodimlarga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligi bilan belgilanadi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha faoliyati sifatini nazorat qilish Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Vazirlik (Institut va pedagogika markazlari) hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari) tomonidan amalga oshiriladi.

(96-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

  1. Ta’lim sifatini nazorat qilishda tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarida xalq ta’limi xodimlarini kasbiy rivojlantirish sifatini nazorat qilish hamda muntazam ravishda malaka oshirish dasturlari asosida ta’lim berishning samaradorligi baholanadi va dasturlarni takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
  2. Reyestrga kiritilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘tkazilgan malaka oshirish kurslarining samaradorligi, tinglovchilarning yakuniy nazorat sinovlarini o‘tkazish va baholash Vazirlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Vazirlik mazkur sinovlarni o‘tkazish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotni belgilaydi.

Bunda, yakuniy nazorat natijasida malaka oshirish kurs tinglovchilarining kamida 70 foizi ijobiy baholangan (maksimal ballning kamida 56 foizini to‘plagan) taqdirda, kursdagi ta’lim sifati ijobiy deb topiladi. Aks holda malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan hisoblanadi.

Malaka oshirish kursi sifatsiz tashkil etilgan deb topilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti Reyestrdan chiqariladi.

10-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi davlat namunasidagi hujjatlar

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha ta’lim dasturlari talablarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchilarga tegishli ravishda davlat namunasidagi quyidagi hujjatlar:

malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat — belgilangan kredit ballarini jamg‘argandan so‘ng;

qayta tayyorlash to‘g‘risidagi diplom — kamida 576 soat hajmda ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirgandan so‘ng, yakuniy attestatsiya natijasiga ko‘ra beriladi.

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish dasturini o‘zlashtirganlik to‘g‘risidagi diplom va sertifikatlarning elektron reyestri yuritiladi.

Diplom va sertifikatlarni rasmiylashtirish tartibi Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi

11-bob. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan talablar

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimidagi ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablari “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi hamda ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi.
  2. Davlat ta’lim talablari Vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
  3. Davlat ta’lim talablari asosida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablari ishlab chiqiladi va Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
  4. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash (malaka oshirish) kursi bitiruvchisining umumiy bilim va kasbiy tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan malaka talablari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarning o‘quv rejalari va dasturlarini shakllantirish, shuningdek, o‘quv jarayonini va ta’lim sifatini nazorat qilish tartibini va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
  5. Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining o‘quv rejasi va dasturlari yetakchi olimlar, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda metodistlar tarkibi tomonidan tinglovchilarning ehtiyojlarini o‘rganish (pedagogik diagnostika) natijalari asosida tuziladi va ta’lim jarayonini metodik ta’minlashning ajralmas qismi hisoblanadi.
  6. Quyidagilar qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan bazaviy talablar hisoblanadi:

kasblar va lavozimlarga bo‘lgan kasbiy malaka talablariga muvofiqligi;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini bilishga, ta’lim turlari va bosqichlari bo‘yicha davlat ta’lim talablari (davlat ta’lim standarti)ning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga, tinglovchilarning kasbiy bilimlarini yangilash va chuqurlashtirishga, yangi, qo‘shimcha kasbiy malaka va ko‘nikmalarni hosil qilishga, ta’lim-tarbiyaning samarali usullari hamda texnologiyalarini egallash va takomillashtirishga qaratilganligi;

zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishni nazarda tutish;

davlat ta’lim talablari hajm va mazmunining qayta tayyorlash hamda malaka oshirish muddatlariga muvofiqligi.

  1. Qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturi tegishli bazaviy maqsadlar va mazmunga mos bitiruv ishi bilan tugallanadi.

12-bob. Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari reyestrini yuritish

  1. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari va nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini Davlat budjeti hisobidan qoplab berish uchun Vazirlik tomonidan Reyestr shakllantiriladi va u bir yil muddatga amal qiladi.
  2. Reyestr Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi va har yili yangilanib boriladi.
  3. Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Reyestrga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi:

Institut;

Oldingi tahrirga qarang.

pedagogika markazlari;

(110-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy murojaati asosida pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim tashkilotlari.

  1. Nodavlat ta’lim tashkiloti xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirganligi uchun Davlat budjetidan mablag‘lar olish uchun Reyestrda belgilangan shakldagi so‘rovnomani to‘ldiradi.

So‘rovnomada nodavlat ta’lim tashkiloti nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), ta’lim faoliyatini amalga oshirish joy(lar)ining manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisobvarag‘i, Reyestrga kiritilayotgan malaka oshirish kurslari yo‘nalishlari, so‘rovnomani to‘ldirgan va uni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimi ko‘rsatiladi.

So‘rovnomani Vazirlikka yuborishdan oldin nodavlat ta’lim tashkiloti xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etish talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi va boshqa holatlarni nazarda tutuvchi ommaviy oferta bilan tanishib, uni tasdiqlaydi.

  1. Ommaviy ofertani tasdiqlash Vazirlik va nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida shartnoma tuzilishiga tenglashtiriladi hamda talablar va shartlarga to‘liq amal qilishga roziligini bildiradi.
  2. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:

malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi pedagog kadrlar to‘g‘risida ma’lumot (ularning pasporti nusxasi yoki identifikatsiya ID-kartasi, oliy ta’lim muassasasini tamomlaganligi yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi);

malaka oshirish kursi o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari;

yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar.

  1. Quyidagi holatlarda ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotining Reyestrga kiritish bo‘yicha murojaatiga rad javobi berilishi mumkin:

yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalar salbiy bo‘lganda;

so‘rovnomaga nodavlat tashkilot to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq kiritilmaganda yoki soxta ma’lumotlar taqdim etilganda.

  1. Vazirlik Reyestrga kiritish yoki Reyestrga kiritishni rad etish bo‘yicha qarorni nodavlat ta’lim tashkilotiga Reyestr orqali yetkazadi.

13-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirishni moliyalashtirish

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida Institut, pedagogika markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

(116-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

  1. Davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlik tomonidan xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining elektron reyestri (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) yuritiladi.
  2. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash har birida 25 nafar tinglovchi bo‘lgan guruhda malaka oshirish kursining yakuni bo‘yicha guruhdagi tinglovchilar kursni muvaffaqiyatli tugatib tegishli sertifikatga ega bo‘lgan har bir tinglovchi uchun amalga oshiriladi.

Bunda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bilan Vazirlik o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida to‘lovlar amalga oshiriladi.

  1. Institut har yili 15-noyabrga qadar kelgusi yilda hududiy malaka oshirish markazlari, oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan xalq ta’limi xodimlarining hududlar bo‘yicha taqsimotini tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim etadi va tasdiqlangan taqsimot asosida kelgusi yil uchun pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun tegishli mablag‘lar rejalashtiriladi.
  2. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida malaka oshiradigan tinglovchilar uchun mablag‘lar alohida g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
  3. Bir nafar tinglovchi uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan keyingi moliya yili boshlanishidan oldin xodimlarning malaka oshirishi uchun sarflangan o‘rtacha xarajatdan kelib chiqib belgilanadi.
  4. Moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari o‘zgargan hollarda bir nafar tinglovchi uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
  5. Institut pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan va belgilangan tartibda sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni navbatdagi oyning 3-kuniga qadar tegishli mablag‘ to‘lanishi yuzasidan Vazirlikka murojaat qiladi.
  6. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etgan pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shaklini tasdiqlovchi guvohnoma, bank rekvizitlari;

haqiqatda malaka oshirgan va sertifikatga ega bo‘lgan tinglovchilarning tasdiqlangan ro‘yxati;

pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlari bo‘yicha ularga to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli hisob-kitoblar bilan birgalikda mablag‘larga buyurtma.

  1. Mablag‘ ajratish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘g‘riligiga Institut javobgar hisoblanadi.
  2. Taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarining xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha huquqi bekor qilinadi hamda ortiqcha olingan mablag‘lar qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga qaytariladi.
  3. Pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda Reyestrga kiritilgan nodavlat ta’lim tashkilotlarida haqiqatda malaka oshirgan tinglovchilar soni har oy yakuni bo‘yicha ularda malaka oshirilishi rejalashtirilgan tinglovchilar sonidan kam bo‘lgan hollarda ushbu tinglovchilar uchun rejalashtirilgan mablag‘lar Vazirlik tomonidan hududiy malaka oshirish markazlariga yo‘naltiriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Institutda hamda pedagogika markazlarida bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.

(128-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Institut hamda pedagogika markazlarining saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlari ularning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib Vazirlikka respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida moliyalashtiriladi.

(129-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)

  1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga ishdan ajralgan holda malaka oshirishga yuborilgan tinglovchilarning o‘qishi davrida asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi, ularning o‘quv yuklamalari esa boshqa pedagog xodimlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Ishdan ajralgan holda malaka oshirish uchun boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanadi.

14-bob. Yakunlovchi qoidalar

  1. Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan nazorat Vazirlikning Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qaroriga
2-ILOVA

Vazirlar Mahkamasining “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1026-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

  1. 1-bandning ikkinchi xatboshisi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar har yili 15-noyabrgacha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning egallab turgan lavozimiga qarab kurslardan o‘tishi bo‘yicha belgilangan davriylikni inobatga olgan holda, keyingi kalendar yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qishga yuboriladigan tinglovchilar kontingentini shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etadi”.

  1. Qarorga 3-ilova (Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom)da:
  2. a) ilovaning nomidagi “, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining” so‘zlari “ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  3. b) 1 va 29-bandlardagi “, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. v) 2-bandda:

“, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“Xalq ta’limi vazirligi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;

  1. g) 3-banddagi “ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  2. d) 5-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “davlat tasarrufidagi maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, tizimida maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari”;

beshinchi xatboshidagi “maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“pedagog xodim — davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya faoliyatini amalga oshiruvchi pedagog kadrlar”;

  1. e) 7-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  2. j) 8-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tarkibida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash)”;

beshinchi xatboshidagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;

  1. z) 9-banddagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  2. i) 10-bandning ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  3. y) 11-bandning ikkinchi xatboshisidagi “, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari” so‘zlari “ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  4. k) 12-bandning birinchi xatboshidagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
  5. l) 13-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
  6. m) 14-bandda:

ikkinchi, uchinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilardagi “xalq ta’limi” so‘zlari “maktabgacha ta’lim” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “xalq ta’limi muassasalari” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;

  1. n) 24-bandning uchinchi xatboshisidan va 28-banddan “oliy ta’lim muassasasi va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
  2. o) 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“38. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi: ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, interaktiv seminarlar, trening, ko‘chma mashg‘ulot, tajriba almashish, mustaqil o‘qish, bitiruv malakaviy ishini (kursni tugatish ishini) himoya qilish.

Ayrim o‘quv mashg‘ulotlari maktabgacha ta’lim tashkiloti bazasida tashkil etiladi.”;

  1. p) 48-bandning ikkinchi xatboshisidan “oliy ta’lim muassasasi orqali” so‘zlari chiqarib tashlansin;
  2. r) 59-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
  3. s) 74-bandning ikkinchi xatboshisidan “oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
  4. t) 80-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“80. Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ta’lim jarayonining mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablari “Ta’lim to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq belgilanadi va ularda ta’lim jarayonini tashkil etishni, uning mazmunini, metodik ta’minlashni, sifat va samaradorligini oshirishni takomillashtirishga doir talablar qo‘yiladi.”.


Mavzu bo'yicha testga kirish
Keyingi mavzu: Inson resurslarini boshqarish strategiyasi.